Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

Sardor Rashidov: "O‘zbekiston terma jamoasidan yana taklif bo‘ldi"

Sardor Rashidov: "O‘zbekiston terma jamoasidan yana taklif bo‘ldi"

Baho:
+ | -

Koronavirus pandemiyasi sabab ko‘plab davlatlarga fuqarolarning kirish hamda chiqishi taqiqlandi. O‘zbekistonlik taniqli futbolchi Sardor Rashidov ham ayni damda Qatarda bo‘lib turibdi.

«Daryo» muxbiri «Qatar SK» klubi a’zosi bo‘lgan Rashidov bilan bog‘lanib, karantin vaqtida nimalar bilan mashg‘ul ekanligi bilan qiziqdi.

«Karantinni oila davrasida o‘tkazyapman. Oilam yonimda. Mashg‘ulotlarni ham uyda olib boryapman. Tayyorgarliklar onlayn tarzda nazorat qilib turilibdi. Nasib qilsa, 30 apreldan barcha futbolchilar bilan birgalikda mashg‘ulotlarga kirishishimiz mumkin. Hozircha bu rasman aniq emas. «Qatar SK»dagi boshqa legionerlar ham ayni damda shu yerda. Ular ham vataniga ketmagan. Barcha onlayn mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda», — deydi Sardor.

Rashidov koronavirus pandemiyasiga qadar «Qatar SK» klubida serhmahsul o‘yin namoyish etayotgan edi. Futbolchining ma’lum qilishicha, uni O‘zbekiston terma jamoasining mart oyidagi yig‘inlariga chaqirishgan. Qayd etish joiz, Sardor anchadan beri mamlakat bosh jamoasi o‘yinlaridan chetda qolib ketayotgandi.

«Ha, meni O‘zbekiston terma jamoasining mart oyidagi yig‘inlariga chaqirishgandi. Biroq virus sabab yig‘inlar ham, o‘yinlar ham bekor qilindi. Futbol deyarli butun dunyoda to‘xtatildi. Xudo xohlasa, hammasi iz-iziga tushib ketsa, o‘yinlar ham boshlanadi. Nasib qilsa terma jamoaga ham qaytamiz», — deydi Rashidov.

Ma’lumot uchun, Sardor Rashidov hozirgacha «Bunyodkor», «Lokomotiv» (Toshkent), «Al-Jaish» (Qatar), «Al-Jazira» (BAA), «Nasional» (Portugaliya) klublarida to‘p tepgan. Sardor O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 48 ta o‘yinda qatnashib, 13 ta golga mualliflik qilgan.

Futbolchi joriy mavsum «Qatar SK» safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:41, 26.04.2020.
O'qildi: 6940 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.