Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

APL tarixidagi eng yaxshi transferlar (top-10)

APL tarixidagi eng yaxshi transferlar (top-10)

Baho:
+ | -

10.Edvin van Der Sar («Fulxema» dan «Manchester Yunayted»ga 2 mln. funt evaziga)

Peter Shmeyxel 1999-yilda “Manchester Yunayted”ni tark etgach, Fergyuson uzoq muddat jamoaga mos darvbozabon izlashga majbur bo‘ldi. Jahon chempioni FabyenBartez, shimoliy irlandiyalik RoyKerrol singari kiperlar klubga sira mos kelmagach, 2005-yilda jamoa Gollandiya terma jamoasi darvozaboni Edvin van Der Sarni atigi 2 million yevro evaziga sotib oldi. Edvin “qizil iblis”ga aylangach, Piter Chexning 2005-yilda o‘rnatganquruq o‘yinlar seriyasini yangilagan bo‘lsa, 2008-yilda YECHL finalida penaltilar seriyasida katta sahnaga chiqdi va jamoani uzoq kutilgan YECHL g‘olibiga aylanishini ta’minlab berdi. Ederson, Kepa Arrisabalaga singari darvozabonlar uchun 60-70 million yevro to‘lanayotgan davrda Edvin van Der Sardek futbolchini 2 million evaziga qo‘lga kiritgan “Manchester Yunayted”ga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q.

  1. N’Golo Kante («Kan»dan «Lester Siti»ga 5.6 mln. funt)

“Lester” jamoasi tarixidagi eng omadli transfer sifatida tarixda qolgan transferni bugungi ro‘yxatimizda eslab o‘tmaslik mumkin emas. “Tulkilar”ning APL chempionligini qo‘lg akiritishida strategik katta rol o‘ynagan Kante jamoa hujumda bemalol harakat qilishini bir o‘zi ta’minlab bergan edi. Atigi 5,6 million yevro evaziga sotib olingan Kante yakunda jamoani oliy maqsadga erishishga katta hissa qo‘shgancha yaxshigina daromad keltirib “Chelsi”ga ravona bo‘lgan. “Lester” uchun chinakam jekpot transfer!

  1. Alan Shirer («Sautgempton»dan «Blekbern Rovers»ga 3.6 mln. funt)

1992-yilda elitaga qaytgan «Blekbern Rovers» sekin-asta kuch yig‘ib chempionlik uchun odim tashlayotgan klub edi. Shirar bu paytda “Sautgempton” safida endigina porlab kelayotgan hujumchi edi xolos. «Blekbern” Shirerni 3,6million evaziga xarid qilgach, Alan yangi jamoasining chempionlik uchun imkoniyatlarini keskin oshirib yubordi. 1995-yilda hujumchi fantastikmavsum o‘tkazdi. «Blekbern Rovers» esa, 1914-yildan beri orzu bo‘lib kelayotgan orzusi – APL chempionligini qo‘lga kiritdi. Aynan o‘sha transfer yakunda «Blekbern»ning chempionligi uchun eng katta qadam sifatida tarixda qoldi. Hozir APLga yaqinlasha olmayotgan klub yaqin o‘tmishda chempionlikni qo‘lga kiritganiga ishonish qiyin. Shunday emasmi?!

  1. Krishtianu Ronaldu («Sporting»dan «Manchester Yunayted»ga 12.24 mln. funt)

Ronaldu bugungi kunda ham zamonamizning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi. U erishgan yutuqlar, o‘rnatgan rekordlari haqida kitob yozish mumkin. Britaniya nashrlari tomonidan 21-asrning eng yaxshi transferi sifatida tan olingan futbolchini shaxsan Ser Aleks Fergyusonning o‘zi jamoaga olib kelish ishtiyoqida yongan. Aynan KRiRoning transferi “Manchester Yunayted”ning ichki birinchilikdagi gegemonligini va YECHLdagi zafarli yurishiga turtki bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. Boz ustiga, “qizil iblislar” o‘z futbolchisini o‘sha davrlar uchun rekord summa 96 million evazoga sotib yuborishganini inobatga olsak, Ronaldu 21 asrdagi Angliyadagi eng yaxshi transfer deb bemalol ayta olamiz.

  1. Kevin De Bryuyne («Volfsburg»dan «Manchester Siti»ga 55 mln. funt)

“Chelsi”dagi omadsiz mavsumdan so‘ng, Bundesligaga yo‘l olgan Kevinning karyerasida keskin pasayish kuzatilishi taxmin qilingan edi, biroq belgiyalik futbolchi kutilmaganda, “Volfsburg” safida ajoyib sermahsullik namoyish etishga tushib ketdi. Ko‘p o‘tmay ikkinchi bor “tumanli albion”nizabt etish maqsadida “Manchester Siti”ga o‘tgan qahramonimiz o‘zining nimalarga qodir ekanligini barchaga isbotlab berdi. Kevin 2015-yilda “shaharliklar” safiga kelib qo‘shilgan bo‘lsa-da, allaqachon jamoa tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri sanaladi. Uning "Manchester Siti”ning APL chempionligini birin-ketin qo‘lga kiritishida hissasi juda katta.

  1. Muhammad Saloh («Roma»dan «Liverpul»ga 35 mln. funt)

Misrlik futbolchining o‘rnida Virjil yoki Mane bo‘lishi mumkin edi. Biroq ular Salohdan farqli o‘laroq, allaqachon o‘z APLda nom qozonib bo‘lgan edi. Saloh esa, ulardan farqli ravishda “Chelsi”dagi omadsizlikdan so‘ng o‘zini ikkinchi bor APLda sinab ko‘rishdan qo‘rqmagani uchun ham aynan uni tanladik. Saloh “Liverpul”ning butun dunyoni zabt etishida juda katta rol o‘ynadi. To‘g‘ri, uning so‘nggi mavsumda sermahsulligi biroz pasaygan bo‘lishi mumkin, lekin bu taktik ko‘rsatmalar bilan bog‘liq. Qahramonimiz mana bir necha mavsumdan beri APLda yuqori tempda futbol namoyish etmoqda. Futbolchilarning transfer qiymati keskin ko‘tarilib ketgan chog‘larda 35 million funt evaziga xarid qilingan misrlik futbolchi “Liverpul” uzoq kutgan sovrinlarni qo‘lga kiritishda bosh omilga aylangani e’tiborga molik.

  1. Serxio Aguero («Atletiko»dan «Manchester Siti»ga 35 mln. funt)

“Manchester Siti” klubi tarixidagi eng yaxshi transfer sifatida qayd etilgan Aguero haqida uzoq so‘zlashning hojati yo‘q. Uning KPR darvozasiga kiritgan goli kamida bir asr yodimizdan ko‘tarilmasligi aniq.

  1. Didye Drogba ( «Marsel»dan «Chelsi»ga 24 mln. funt)

Shaxsan Jozening tashabbusi bilan xarid qilingan Drogba uzoq yillar davomida “Chelsi”ning muhim uchrashuvlardagi “quroli”ga aylangani rost. Uzoq yillar davomida asosiy tarkibdagi o‘rnini boy bermagan futbolchi jamoa bilan qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Uning 2012-yildagi YECHL final uchrashuvida kiritgan goli “Chelsi” tarixidagi yagona Chempionlar ligasisovrinini qo‘lga kiritishda katta rolo‘ynagani hech kimga sir emas. “Aristokratlar” bilan bir necha bor APL chempionligini qo‘lga kiritgan hujumchi klubning 21-asrdagi eng yaxshi transferlardan biri hisoblanadi.

  1. Erik Kantona («Lids Yunayted»dan «Manchester Yunayted»ga 1.2 mln. funt)

Kantona “Lids”ga o‘z tarixidagi hozircha so‘nggisi bo‘lib turgan sovrinni qo‘lga kiritishda yordam berdi va “qizil iblislar” safiga qo‘shildi. Aynan u Ser Aleksga “Manchester Yunayted”ning APLdagi gegemonligini o‘rnatishiga yordam berdi. Uzoq yillik tanaffusdan so‘ng, “Manchester Yunayted”ga sovrin yutishda ko‘mak bergan afsonaviy futbolchi 31 yoshida aynan “qizil iblislar” safida butsalarini mixga ilib yubordi.

  1. Tyerri Anri («Yuventus»dan «Arsenal»ga 10 mln. funt)

O‘ylashimcha, Tyeri so‘nggi yillardagi APLdagi eng yaxshi transferlardan biri bo‘ldi. Aynan fransuz jamoaning 21-asrdagi zafarli yurishida muhim rolo‘ynadi. To‘purarlik borasida barchani ortda qoldirgan qahramonimiz 2006-yilda “Arsenal”ni yelkasida finalga qadar olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. APLda birorta mag‘lubiyatsiz chempion bo‘lishni uddalagan “Arsenal” Anrisiz bu ishni uddalay olmagan bo‘lar edi. Tyeri uchun bejizga klub stadioni oldida haykal o‘rnatishmagan. U klub safida to‘p surgan barcha zamondagi eng kuchli hujumchi sifatida eslanishi aniq.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:15, 27.04.2020.
O'qildi: 5988 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.