Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Tokio Olimpiadasi 2021 yil o‘tkaziladimi? Tashkiliy qo‘mita bunga amin emas

Tokio Olimpiadasi 2021 yil o‘tkaziladimi? Tashkiliy qo‘mita bunga amin emas

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Yaponiyaning Tokio shahrida joriy yil o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yozgi Olimpiya o‘yinlari 1 yilga kechiktirildi. Musobaqa tashkiliy qo‘mitasi vakillaridan biri Yosiro Morining so‘zlariga ko‘ra, pandemiya kelasi yil ham davom etsa va uning nazorati izdan chiqsa, bo‘lajak Olimpiada butunlay bekor qilinishi ham mumkin.

XOQ Olimpiadaning 2021 yilga ko‘chirilishini tushuntirdi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi mart oyining oxirlarida koronavirus pandemiyasi sabab Olimpiya o‘yinlarini 2021 yilga qoldirish haqida aytib o‘tgan edi. Yangi rejaga ko‘ra, o‘yinlar 2021 yilning 23 iyulidan 8 avgustiga qadar davom etadi. Morining so‘zlariga ko‘ra, Olimpiadani mazkur sanalardan ham keyinga surishning imkoni yo‘q.

Tokio Olimpiadasi XXI asrda qoldirilayotgan Olimpiya o‘yinlarining dastlabkisi sifatida tarixga kirmoqda. O‘tgan asrda urish harakatlari bilan 1916 yil Berlin, 1940 yil Tokio va 1944 yil Londonda o‘tishi kerak bo‘lgan Olimpiya o‘yinlari bekor qilingan edi. Shuningdek, 1972 yil Myunxenda o‘tgan Olimpiya o‘yinlari ham terakt sabab to‘xtatilgan, ammo vaziyat yumshagach bahslar yakuniga yetkazib qo‘yilgan edi.

Vaksinasiz Olimpiada imkonsiz
Agar samarali vaksina topilmasa, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining kelasi yil o‘tkazilishi ham so‘roq ostida qolishi mumkin, deb o‘ylaydi Yaponiya shifokorlar assosiasiyasi rahbari Yositake Yokokura.

“Menimcha, samarali vaksina topilmas ekan, Olimpiadaning o‘tkazilishi so‘roq ostida bo‘ladi. Biz maksimal darajada COVID-19ga qarshi vaksina topishga harakat qilamiz”, – deydi Yokokura Kiodo agentligiga bergan intervyusida.

Assosiasiya rahbari o‘z nutqi davomida muammo nafaqat Yaponiya, balki butun dunyodagi vaziyat bilan ham bog‘liqligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

“Bu vaqtda (Olimpiya o‘yinlari o‘tadigan muddat) infeksiyaning butun dunyo bo‘ylab tarqalishining qanday holatda bo‘lishi barcha masalaga oydinlik kiritib beradi. Bunday paytda Yaponiyada kasallanganlik holati yaxshilangan bo‘lsa ham, infeksiyaning butun dunyo bo‘ylab keng tarqalgani Olimpiya o‘yinlarining o‘tishini so‘roq ostida qoldirishi mumkin”, – deydi Yokokura.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 14:50, 28.04.2020.
O'qildi: 2649 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.