Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

“Manchester Siti”ni yozda kimlar tark etish aniq

“Manchester Siti”ni yozda kimlar tark etish aniq

Baho:
+ | -

Taniqli The Guardian nashri yozda “Manchester Siti”ni tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Stadion.uz ushbu futbolchilar bilan birma-bir tanishtirib o‘tadi.

Bu mavsumda “Manchester Siti” o‘zining asosiy raqobatchisi “Liverpul”dan APL poygasida ancha ortda qolib ketdi. Shunga qaramay, “shaharliklar” tarkibning  umumiy qiymati 1 milliardan oshgan kuchli 5 ta klubdan biri sanaladi. Ayni damda, “Manchester Siti” o‘z futbolchilarining maoshini qisqartirmagan kam sonli klublardan biri bo‘lib turibdi. The Guardian nashri bergan xabarlarga tayangan xolda, yozda jamoani tark etishi deyarli hal bo‘lib ulgurgan 6 futbolchi bilan tanishtirib o‘tamiz.

Klaudio Bravo



“Barselona” klubidan 4 yil avval sotib olingan darvozabon haqida ko‘pchilik unutib ham yuborgan bo‘lsa, ajab emas. Qahramonimiz shaxsan Gvardiolaning talabi bilan sotib olingan, biroq bir nechta omadsiz uchrashuvlardan so‘ng, chetga surib tashlangan edi. “Shaharliklar” Edersonni sotib olgach, Bravo to‘liqligicha ikkinchi planga o‘tib ketdi.

Bravo va “Manchester Siti” o‘rtasidagi shartnoma yaqinlashib kelayotgan yozda o‘z yakuniga yetishi kutilmoqda. Katta ehtimol bilan, Bravoning keyingi manzili “Nyu-york Siti” bo‘lishi kutilmoqda. Gap shundaki, MLS klubi ham “Manchester Siti” egalariga qarashli bo‘lib, u yerda chililik posbonga yetarlicha o‘yin amaliyoti taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Kayl Uoker



Aslida, Kayl Gvardiolaning o‘yin uslubidagi eng muhim figuralardan biri edi. Tezkor, universal va chaqqon himoyachi tez orada jamoa bilan yangi shartnoma imzolash borasida muzkoralarga kirishishi kerak bir paytda, u karantin qoidalarini juda qo‘pol tarzda buzdi. Afsuski, uning axloqsizlik bilan amalga oshirgan ishi tufayli klub imidji keskin tushib ketdi. Manbaning bergan xabarlarga ko‘ra, klub qanot himoyachisini sotib yuborishga qaror qilgan. Ayni damda PSJ va “Bavariya” klublari Uokerni qo‘lga kiritishga urunib ko‘rishi tahmin qilinmoqda.

Joau Konselu



Yozda Angliyani tark etishga juda yaqin turgan yana bir himoyachi bilan tanishing. Joau Konselu “Yuventus”dan “Manchester Siti”ga o‘tgan chog‘ida, o‘z pozisiyasida dunyoning eng kuchli futbolchisi edi. Afsuski, Tumanli albion uni “qabul qilmadi”. Konseluga Pep Gvardiola yetarlicha o‘yin amaliyotini taqdim etgan bo‘lishiga qaramay, futbolchi kontaktlarga boy agressiv chempionatga moslashib keta olmadi. Oqibatda, raqobatni boy berib qo‘ydi.
Endilikda, “shaharliklar” Konseluni “Barselona” qanot himoyachisi Nelson Samedu bilan ayrboshlashni rejalashtirishmoqda. Bundan tashqari, klub “ko‘k-anorranglilar”dan 15 million yevro qo‘shimcha pul ham undirmoqchi. Hozircha bu transferning amalga oshishi borasida aniq faktlar kam, biroq Konseluning klubni tark etishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan.

David Silva



O‘tgan mavsum so‘nggidayoq Silva “Manchester Siti”dan ketishini barchaga ma’lum qilib ulgurgan edi. Shu sababli, klub unga shartnoma taklif qilib o‘tirmadi. Aslida, mavsum so‘nggida, “shaharliklar” Silva uchun xayrlashuv kechasini uyushtirib berishlari kerak edi, biroq yuzaga kelgan vaziyat sababli endi bu ish amalga oshmasligi mumkin.

Gvardiola ham futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor ekanligini rasman e’lon qilishga ulgurdi. Ma’lumotalarga qaraganda, Silva faoliyatini sobiq klubi “Valensiya” yoki MLSning “Inter Mayami” jamoalaridan birida davom ettiradi.

Leroy Sane



“Manchester Siti” chap qanot hujumida Sterling va Leroy Sane singar juda kuchli ijrochilar jam bo‘lgan. Boz ustigan, Pep kelasi mavsumda yana kamida ikkita vinger izlashni skautlarga yuklaganidan xabaringiz bor. Shu sababli, “shaharliklar” yozda Saneni 100 million yevro evaziga sotib yuborishga qarshi emas. Bu summa yozda koronavirus sababli yana kamayishi mumkin.
Futbolchi bilan “Bavariya” qiziqish bildirayotgani hech kimga sir emas. “Bild” nashri bergan xabarlarga qaraganda, Myunhen klubi Saneni sotib olish maqsadida Koutinoning transferidan voz kechgan. Hozircha, Sanening o‘zi ham Germaniya qaytishga qarshi emas. Boz ustiga, “Manchester Siti”ning chempionshipga tushib ketish havfi borligi Saneni “Bavariya”ga o‘tib ketishini tezlashtirib yuborishi mumkin.

Serhio Aguyero



Bu variyant ustida uzoq bahslashish mumkin. Argentinalik futbolchi klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar ekanligiga qaramay, Britaniya nashri yozda uning ham boshqa klubga o‘tishini deyarli aniq fakt deb e’lon qildi.

Manbada yozilishicha, klub Serhioning klub uchun qilgan hizmatlari sababli uzoq muddat katta musobaqalardan chetda qolishini istamayapti. Shu sababli, uni istagan klubiga qo‘yib yuborishi mumkin. Futbolchining o‘zi ham YECHLda zafar quchish orzusini amalga oshirish uchun “Manchester Siti”ni tark etishga ham rozi bo‘lishi aniq. Klub jamoa afsonasi bilan professional tarzda xayrlashishga tayyor ekanligini rasman tasdiqlab bo‘ldi. Barchasi UEFAning yakuniy qaroriga bog‘liq. Agar “Siti” “bir qavat” pastga tushirilsa, Kun Aguero jamoani birinchilardan bo‘lib tark etuvchi futbolchiga aylanadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:56, 28.04.2020.
O'qildi: 8643 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.