Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Superligadagi tanaffus qanchalik xavotirli?

Superligadagi tanaffus qanchalik xavotirli?

Baho:
+ | -

Yevropa bilan solishtirganda ishlarimiz ancha yaxshi. Birinchidan, ming shukrki O‘zbekiston karantin davrida kasallikni yuqtirish va shu bilan bog‘liq o‘limlar borasida kam talofat ko‘rdi, hammasi kutganimizdan yaxshiroq nazorat qilindi. Ikkinchi tomondan esa biz ulardan farqli ravishda 2021 yilgi mavsum rejalarini to‘la ishlab chiqib ulgurmagandik (shu joyini ming hijolat bilan yozdim). Yevropa klublari esa mavsumni yakunlay olmasligi katta ehtimol, boisi ular kelasi mavsum haqida allaqachon bosh qotirib qo‘yishgan. O‘rtada esa vaqtdan yutkazishyapti.

Biz nimadan voz kechishimiz mumkin?

Menimcha, birinchi navbatla Liga kubogi musobaqasi xavf ostida qoladi. Biz unga asos solingan ikkinchi yildayoq turnirni xalqaro maqomga aylantirishga muvaffaq bo‘lgandik. Ya’ni, Qirg‘iziston va Tojikistonning umumiy 8 klubi ham musobaqalarda ishtirok etishi kerak edi.

Ayni holatda esa xalqaro reyslar va umuman mamlakatlararo kirib-chiqish masalasida xavf bor. Shundan kelib chiqib, turnirni bir yilga kechiktirsak, juda ko‘p narsa yo‘qotmaymiz (O‘FA iloji boricha mazkur turnirni o‘tkazish tarafdori, ammo vaziyat bizning qo‘limizda emas). Aksincha, kelasi yil turnirni yanada yaxshiroq va yanada saviyaliroq o‘tkazishimiz mumkin. Biz bu ishni boshlay olishimizni va birlashishimiz mumkinligini isbotladik. Endi buni yanada yaxshilash ustida ishlashimizga ham ishonaman. Bu borada orqaga qaytish yo‘q.

Taqvim masalasida nima gap?

Biz endigina 3 ta tur uchrashuvlarini o‘tkazgandik. Mavsum yakuniga qadar yana 23 ta turni o‘tkazib olishga bemalol ulguramiz, menimcha. Orada O‘zbekiston kubogi o‘yinlarini ham o‘z vaqtida o‘tkazish imkoniyatimiz hozircha bor.

Bundan tashqari, OFK va FIFA bir qator xalqaro o‘yinlarni va sanalarni bekor qilgan. Bu ham o‘z navbatida bizning foydamizga yo‘l ochadi.

Shuningdek, bizda iyul oyida katta tanaffus bor. Eng bo‘lmagan holatda o‘sha vaqtga ham o‘yinlar qo‘yishga majbur bo‘lishimiz mumkin. Avval ham aytganimizdek, muammodan qochish emas, uni hal qilishni o‘rganish kerak. Qish sovuq, iyul issiq deb o‘tiravermay, projektorlarni yaxshilasak, sovutish, isitish tizimlariga e’tibor qilsak, qishin-yozin futbol o‘ynashimiz mumkin. Biz 4 faslni ko‘radigan baxtli odamlarmiz, faqatgina bundan oqilona foydalanishni bilmaymiz. Futbol o‘ynayb bo‘lmaydi, deb qutilib qo‘ya qolamiz. Akalar, Ilon Mask jahonni o‘zgartiraman deb fazolarda uchyapti, Qatar butun dunyoni ortidan ergashtirib, mundialni qishga suryapti. Biz qachongacha iyulni issiq deymiz? Biz unga yechim topish haqida o‘ylashimiz kerak (o‘tlab ketganim uchun uzr albatta).

Xullas, mana shunday gaplar. Hukumat mana shu sanadan sizlarga ruxsat desa, biz o‘sha kunning o‘zidayoq yangi taqvim uchun o‘tiramiz. Kayfiyatimiz optimistik, ko‘p muammo ko‘rayotganimiz yo‘q. El boshiga kelgan ishni birgalikda albatta yengib o‘tsak kerak.

Diyor Imomxo‘jayev.

 

Manba: Диёр Имомхўжаев телеграм канали
Kiritildi: 08:25, 29.04.2020.
O'qildi: 4240 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.