Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Fransiyaga futbol qaytishi mumkin

Fransiyaga futbol qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

Fransiya professional ligasi (LFP) rahbari Didye Kvillo Fransiya kubogi va Liga kuboklari taqdiri haqida fikr bildirdi.

"Agar avgust oyida muxlislarsiz o‘yinlarni o‘tkazishga ruxsat oladigan bo‘lsak, ehtimol avgust oyining boshida turnir finali bo‘ladi.

Agar final bo‘ladigan bo‘lsa va finalda "PSJ" mag‘lubiyatga uchrasa, u holda final g‘olibi Yevropa Ligasiga yo‘llanma oladi. Agar "PSJ" Fransiya Kubogini qo‘lga kiritsa, u holda Yevropa Ligasiga Fransiya chempionatining 5-o‘rnini egallagan klub yo‘l oladi. Agar "PSJ" Liga Kubogini qo‘lga kiritsa, u holda Yevropa Ligasiga yo‘llanma oltinchi o‘rindagi jamoaga beriladi", - Kvilloning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda L’Equipe.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya Kubogi finalida "PSJ" "Sent-Etyen" klubi bilan bahs olib borsa, Liga Kubogi finalida parijliklar "Lion" klubi bilan bellashadi. Chempionatning beshinchi o‘rinini "Nissa", oltinchi o‘rinini esa "Reyms" klublari egalladi.

Kiritildi: 00:33, 02.05.2020.
O'qildi: 3610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик