Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Futbol olamidagi eng mashxur “babnik”lar

Futbol olamidagi eng mashxur “babnik”lar

Baho:
+ | -

Stadion.uz qizlarga suyagi yo‘q futbolchilar bilan qisqacha tanishtirib o‘tadi.

Futbolchilarning ayniqsa, mashxur futbolchilarning qizlar bilan doimo “yaxshi”munosabatda bo‘lishi hech kimga sir emas. Katta pullar va mashxurlik ortidan qizlar ham ularni topib kelishgan bo‘lsa, ajab emas.

Ronaldo

Bugungi ro‘yxatimizda Ronaldoni ko‘rish ko‘pchilik uchun g‘alati tuyulishi mumkin, biroq braziliyalik futbolchi o‘z vatandoshlari singari oila masasiga biroz “yuzaki” e’tibor beradiganlar sirasiga kiradi. Qahramonimiz turmush qurganiga qaramay, hali-hamon turli ayollar bilan muammolarga duchor bo‘lishda davom etmoqda.

Afsuski, “so‘yloq” xatto jamoa bilan mehmondagi uchrashuvlar chog‘ida ham o‘z “odatiga” sodiq qolishga tirishgan ekan. Qahramonimiz xatto PSVda to‘p surib yurgan chog‘lari, jamoa sport direktorining sevgan qizini ham ilib ketgan ekan. Bundan ko‘rinib turibdiki, Ronaldo nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham “o‘zgacha” bo‘lgan.

Jon Terri



Uzoq vaqt mobaynida namunali oila boshlig‘i sifatida e’tirof etilgan “Chelsi” afsonasi haqida uzoq so‘zlashning xojati yo‘q. Futbolchi oilali bo‘lishiga qaramay, yaqin do‘sti UYEn Bridjning turmush o‘rtog‘i bilan do‘stiga va oilasiga xiyonat qiladi. Uzoq muddat shu yo‘sinda hayot kechirgan futbolchining siri fosh bo‘lgach, butun Britaniya matbuoti Terrining boshqa qilmishlarini ham birin ketin fosh qilishni boshladi. Qizig‘i shundaki, Brijdning turmush o‘rtog‘i Terri yo‘ldan urgan birinchi va oxirgi ayol emasligi ma’lum bo‘lgach, Angliya futbol federasiyasi uni terma jamoada sardorligidan mahrum etadi. Afsuski, “Chelsi” afsonasi uzoq yillar davomida misqollab yig‘gan obro‘sini birgina shu omil sababli bir kechada boy berdi. Endilikda, Britaniydagi birorta teleshou yoki ko‘rsatuvlarda Jon ko‘rinish bermaydi. Xatto uni Sky Sport ham ekspers sifatida ishga qabul qilishdan bosh tordi.

Garincha


Ushbu ro‘yxatimizdagilar ichida eng “ashaddiysi” bilan tanishing.  Braziliya futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri Garrinchaning maydonda nimalar namoyish etgani haqida turli afsonalar hali-hamon mavjud. O‘rganilmagan, e’zozlanilmagan yulduz shu qadar ayollarga berilib ketgan ediki, xatto ularni sanog‘ida ham adashib ketishimiz aniq. Shunisi faktki, ayni damda Garrinchaning o‘zi tan olgan naqd 14 ta farzandi bor. Deyarli turli ayollardan dunyoga kelgan bolalardan tashqari, futbolchining yana 5 ta farzandi bor ekanligini turli nashrlar tomonidan e’lon qilingan. Achinarlisi shundaki, Garrincha Pele va Maradona singari iqtidor egasi sanalgan bo‘lsada, ichkilik va ayollar uning kariyerasini erta barbod bo‘lishiga sabab bo‘ladi.


Neymar


Buni o‘z-o‘zidan tushunarli albatta. Yosh, iqtidorli, ko‘rkam, badavlat va juda mashxur. Neymar bugungi kunda sayyoramizdagi eng mashxur insonlarning 100 tasidan bittasi desak, adashmagan bo‘lamiz. Ayniqsa, u olib boruvchi “quvnoq” hayot tarzida ayollarning tutgan o‘rni beqiyos. Qahramonimiz shu kunga qadar deyarli barcha braziliyalik mashxur journalist qizlar, modellar va xatto mashxur kino aktrisalari bilan ham ishqiy sarguzashtlar uyushturishga muvaffaq bo‘ldi. Afsuski, aynan mana shu omil sababli ham futbolchining faoliyatida ko‘tarilish yuz bermayotgan bo‘lishi mumkin. O‘z vaqtida Messi va Ronaldudan so‘ng Neymar davri kelishi tahmin qilingan edi, biroq endilikda Neymar xatto Mbappening soyasida qolib ketishi ham hech gap emas.

UYEyn Runi

Hayron qolgan bo‘lsangiz ajab emas. Runi deganda barchaning hayoliga “Manchester Yunayted”da to‘p surgan “shrek” laqabli futbolchi kelishi aniq. Afsonaviy UYEyn yoshlik chog‘ida ham deyarli birorta qizning muhabbatini qozona olmagan. Balki shu yoki boshqa sababli pul va mashxurlikka erishgach, u biroz bosar-tusarini bilmay qoladi. Xatto oilali bo‘lgach ham yomon odatini tashlamagan futbolchi bir necha bor Britaniya nashrlari muqovalarida turli qizlar bilan paydo bo‘lishda davom etmoqda. Uning turmush o‘rtog‘I esa, har safar jurnalistlarning savollariga bir hil : “ Nima ham qila olar edim. Bolalarimga ota juda kerak. Hayot davom etadi.” deya javob berishda davom etmoqda. Ayni damda, Runi sport nashrlarining e’tiboridan chetda qolgan bo‘lsada, maishiy jurnallarning asosiy mavzusi bo‘lishda davom etmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 06:02, 02.05.2020.
O'qildi: 13532 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.