Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Abdulla Bo‘riyev: «Karantinning foydali tomonlari bor»

Abdulla Bo‘riyev: «Karantinning foydali tomonlari bor»

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha «Bunyodkor» jamoasi a’zolari ham karantinga qat’iy amal qilgan holda uyda yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Biz bosh murabbiy Abdulla Bo‘riyevning fikrlari bilan qiziqdik.

- Karantin vaqtida «Uyda qoling!» shioriga qat’iy amal qilgan holda uyda, oila davrasidaman. Farzandlarimning darslariga yordam beryapman, turli yo‘nalishdagi kitoblarni mutolaa qilyapman.

Futzalchilarga to‘xtaladigan bo‘lsam, hamma o‘yinchilarga yuklamalar berilgan. Ular ham uyda qolib, yakka tartibda shug‘ullanyapti. Mashg‘ulotlari yozilgan videolavhalarni ijtimoiy tarmoqlar orqali kaminaga jo‘natishmoqda. Albatta hozir to‘p bilan ishlashni, taktik mashg‘ulotlar o‘tkazishni iloji yo‘q. Shuning uchun hech bo‘lmasa jismoniy holat maromida bo‘lsa, qolgan jihatlarni mashg‘ulot o‘tkazishga ruxsat berilganidan keyin tiklab olish mumkin.

Bizga ma’lum qilishlaricha, karantin yakunlanganidan so‘ng mashg‘ulot o‘tkazish uchun o‘n kun vaqtimiz bo‘ladi. Shundan keyin chempionat o‘yinlari davom ettiriladi. O‘ylaymanki, bu o‘n kun bizga yetarli. Aslida 10 kun kam, ammo vaziyatdan kelib chiqqan holda fikr yuritadigan bo‘lsak, shu kunlar ichida jamoani qisman bo‘lsada chempionatga tayyorlab olamiz. Murabbiylar shtabi bilan bu qisqa vaqt ichida qanday ishlarni amalga oshirishimiz lozim ekanligini, nimalarga ahamiyat berishimiz shartligini muhokama qilyapmiz. Qolaversa, hamma jamoalarga bir xil imkoniyat beriladi va tabiiyki, hech kimning ustun tarafi bo‘lmaydi. Asosiysi, o‘yinchilar sog‘lom, hech kimda jarohat yoki kasallik yo‘q. Karantinning foydali tomonlari shundaki, futzalchilar o‘yinlarni, jamoadoshlarini sog‘ingan.  

Taqvimga kelsak, bu hech kimga muammo tug‘dirmasa kerak. Sababi, rejaga ko‘ra, bir haftada bitta tur o‘tkazilishi mumkin ekan. Fikrimcha, bu yigitlarga og‘irlik qilmaydi. Bunday tig‘iz taqvimlarga oldin ham duch kelganmiz. O‘yinchilarni bu masala bo‘yicha «pishgan», desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Asosiysi, mavsumni davom ettirish. Bitta turdan keyin hammasi avvalgidek davom etadi, deb o‘ylayman. Kuzda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lishi va unda terma jamoamiz qatnashishi lozim. PFL qit’a birinchiligi o‘tkaziladimi-yo‘qmi, shu bo‘yicha OFKga xat bilan murojaat qilgan. Agar Osiyo chempionati o‘tkaziladigan bo‘lsak, terma jamoaning manfaatidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston chempionati uch davrali tizimda bo‘ladi. Mabodo qit’a birinchiligi bu yil o‘tkazilmaydigan bo‘lsa, unda bizning chempionat odatdagidek to‘rt davrali tizimda davom etadi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 08:56, 02.05.2020.
O'qildi: 2759 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик