Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa - Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe - Malyorka
21/12 19:00 Torino - Bolonya
21/12 20:00 Brentford - Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich - Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem - Brayton
21/12 20:15 Selta - Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa - Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas - Arsenal
21/12 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche - Lasio
22/12 01:00 Barselona - Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol

O‘tkir Yusupov: «Darvozabonlikning mas’uliyati yuqori»

O‘tkir Yusupov: «Darvozabonlikning mas’uliyati yuqori»

Baho:
+ | -

Boshqa sportchilar singari futbolchilar ham karantin davrini o‘z uylarida, oila davrasida o‘tkazishmoqda.

Ushbu imkoniyatdan foydalangan holda, “Navbahor”ning tajribali darvozaboni O‘tkir Yusupov bilan telefon orqali bog‘lanib, unga o‘zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qildik. Tabiiyki, dastlabki savolimiz karantinga oid holat bilan bog‘liq bo‘ldi.

— Karantin davrini uyda qanday o‘tkazyapsiz? Zerikmayapsizmi? Futbolni sog‘indingizmi?
— Barcha futbolchilar singari karantin paytini uyda, oilam davrasida o‘tkazyapman. Jamoamiz murabbiylar shtabining mashg‘ulotlar jadvali asosida uyda yakka tartibda mashqlarni bajaryapman.

Kasb taqozosiga ko‘ra, biz – futbolchilarning asosiy vaqtimiz mashg‘ulotlar, safarlar, o‘yinlar bilan o‘tadi. Shuning uchun oila davrasida kam bo‘lamiz. Yuzaga kelgan imkoniyatdan foydalangan holda, karantin davrida oilam mehri va taftini his qilyapman.

Zerikishga esa vaqt yo‘q. Boisi, ta’kidlaganimdek, uyda ham individual tarzda mashg‘ulotlar o‘tkazyapman, oila a’zolarim bilan ko‘proq muloqotda bo‘lyapman.

Albatta, faoliyatingiz futbol bilan bog‘liq bo‘lganidan keyin, uni sog‘inasiz. Ammo eng asosiysi, sog‘liq. Xudo xohlasa, bu kunlar tezda ortda qoladi hamda yana millionlar o‘yinidan bahramand bo‘lamiz, degan umiddaman.

— Sizningcha, karantin futbolchilarning jismoniy holatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydimi?
— Yakka tartibda mashqlar olib borish bilan jamoa bilan birga mashg‘ulotlarda ishtirok etishning katta farqi bor, albatta. Shu bois, yuzaga kelgan karantin davri futbolchilarning jismoniy holatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli yuqori. Shunday bo‘lsa-da, Superliga bahslari davom ettirilsa, Xudo xohlasa, sekin-asta jismoniy holatimizni tiklab olamiz, degan umiddaman.   

— Karantindan so‘ng, Xudo xohlasa, Superliga bahslari davom ettiriladi va barcha jamoalar bir xil vaziyatda bo‘lishadi. Sizningcha, bu holat milliy chempionatimizda sensasiyalar yuzaga kelishiga olib kelishi mumkinmi?
— Karantindan keyin davom ettiriladigan Superliga uchrashuvlarida barcha jamoalar bir xil kuchga, futbolchilar esa bir xil ruhiy hamda jismoniy holatga ega bo‘lishadi. Shu bois, sensasiyalar ham yuz berishi mumkin. Axir, futbol sensasiyalar bilan qiziqarli-ku!

Shuningdek, grand jamoalarning o‘zidan kuchsizroq bo‘lgan klublardan mag‘lubiyatga uchrashi milliy chempionatimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishi shubhasiz. Shuning uchun ayrim paytlarda sensasiyalarning yuz berishini ham ijobiy holat, deb hisoblayman.

— “Navbahor”ga sovrinli o‘rinlar uchun kurashda qaysi jamoalar asosiy raqib bo‘lishi mumkin?
 — Ta’kidlaganimdek, karantindan so‘ng, barcha jamoalar bir xil holatda bo‘ladi. Shuningdek, Superligada kuchsiz klub yo‘q. Shunday ekan, hech qaysi o‘yin jamoamiz uchun oson kechmaydi. O‘z o‘rnida biz ham har bir bahsda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushib, muxlislarga quvonch ulashish niyatidamiz.

— Darvozabon sifatida “Darvozabon – yarim jamoa” degan gapga qanday qaraysiz?
— Mazkur gapga qo‘shilaman. Chunki darvozabon maydonni to‘liq ko‘ra oladi va uning ishonchli o‘yini jamoadoshlariga ham qo‘shimcha kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Ammo buning ham o‘ziga yarasha mas’uliyati kuchli. Masalan, hujumchi 5-6 marta xavfli vaziyatdan foydalana olmay, birgina vaziyatda gol ursa hamda o‘sha goli jamoasiga g‘alaba keltirsa, u qahramonga aylanadi.

Darvozabon esa butun uchrashuv davomida ko‘p marotaba ajoyib seyvlarni amalga oshirib, birgina xatosi tufayli, o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborsa va o‘sha gol mabodo, Xudo ko‘rsatmasin, jamoasining mag‘lubiyatiga sabab bo‘lsa, antiqahramonga aylanadi. Shuning uchun iloji boricha o‘yinlar davomida o‘z darvozamda mustahkam turgan holda, daxlsizligini saqlashga harakat qilaman.

— Bolaligingizda qaysi darvozabon kumiringiz bo‘lgan? Hozirgi posbonlardan kimlarning o‘yiniga havas qilasiz?
— Bolaligimda xorijlik darvozabonlardan chexiyalik Petr Chex, germaniyalik Oliver Kan va ispaniyalik Iker Kasilyas, o‘zimizning kiperlardan esa milliy terma jamoamiz darvozaboni Ignatiy Nesterovning o‘yinlariga havas qilardim.

Mazkur kiperlardan ayni paytda faqatgina Ignatiy Nesterov faoliyatini davom ettiryapti, xolos. Hozirgi posbonlardan esa hech kimni alohida ajratib ko‘rsata olmayman. Boisi, yuqorida nomi tilga olingan darvozabonlar men uchun o‘zgacha ahamiyat kasb etishadi.

— Darvoza daxlsizligini saqlashda darvozabonga asosan himoyachilar ko‘makchi bo‘lishadi. Bunda himoyachilarning tajribasi va mahorati nechog‘lik muhim?
— Himoyachilarning tajribali hamda mahoratli bo‘lishlari darvozabonning ishini ancha osonlashtiradi. Ular raqibning ko‘plab hujumlarini bartaraf etgan holda, posbonning ishini ancha osonlashtirishadi.

Xudoga shukr, jamoamiz tarkibidan shunday himoyachilar joy olishgan va hammamiz bir yoqadan bosh chiqargan holda, bir maqsad yo‘lida birlashib, barcha jamoadoshlarimiz bilan birgalikda oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishamiz, degan umiddaman.

— Joriy mavsumda “Navbahor”ning oldiga Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yildi. Jamoaning ushbu maqsadni amalga oshirish imkoniyatini qanday baholaysiz?
— Jamoamizning ayni paytdagi tarkibi mazkur vazifani amalga oshirishga qodir, deb hisoblayman. Superligada medallar uchun kurash olib borishdan tashqari, O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritishga ham harakat qilamiz. O‘zbekiston kubogi final bahsining Namanganda, o‘zimiz uchun qadrdon maydonda o‘tkazilishi esa bizga qo‘shimcha kuch-quvvat bag‘ishlaydi.

Xudo xohlasa, hal qiluvchi bahsda o‘z muxlislarimiz ko‘z o‘ngida g‘alaba qozonib, “Navbahor”ga uzoq yillik tanaffusdan so‘ng, billur sovrinni tuhfa etamiz, degan umiddaman. Buning uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

— Siz bilan muborak Ramazon oyida suhbatlashyapmiz. Muxlislarga ushbu muqaddas oyda qanday tilaklaringiz bor?
— Jamoamiz ishqibozlariga ushbu muqaddas oyda tutgan ro‘zalari va ibodatlarini Alloh o‘z dargohida qabul qilishini tilab qolaman. Baxtimizga muxlislar sog‘-salomat bo‘lishsin, ilohim!

Bizning ma’lumot
O‘tkir Yusupov – 1991 yilning 4 yanvarida tug‘ilgan.
Ampluasi: darvozabon.
O‘ynagan jamoalari: “Mash’al” (Muborak, 2012 – 2013 yillar), “Nasaf” (Qarshi, 2014-2015 yillar), “Neftchi” (Farg‘ona, 2016-2017 yillar), “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon, 2018 yil).
2019 yildan “Navbahor”da.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 16:56, 02.05.2020.
O'qildi: 2675 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.