Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

O‘zbekistonning 3 o‘yinchisi «Rostov»ning ramziy jamoasidan o‘rin oldi

O‘zbekistonning 3 o‘yinchisi «Rostov»ning ramziy jamoasidan o‘rin oldi

Baho:
+ | -

Sports.ru saytidagi "Donskoy pisatel" blogi qiziq ramziy terma jamoani tuzib chiqdi. "Rostov" safida o‘ynayotgan paytda o‘z terma jamoasi safida ko‘p o‘yinga tushgan legionerlardan ramziy jamoa tuzildi.

E’tiborli tomoni, ushbu jamoadan 3 nafar o‘zbekistonlik futbolchi — Nikolay Shirshov, Andrey Akopyans va Eldor Shomurodov o‘rin olishdi. Bloger barcha 11 nafar o‘yinchiga izoh berib o‘tdi, jumlada, bizning yigitlarga ham.

Nikolay Shirshov, Andrey Akopyans — shubhasiz, o‘z vaqtida ham "Rostov", ham O‘zbekiston terma jamoasining yulduzli futbolchilari. Har ikki legioner klub sharafini 6 yil davomida himoya qildi. Andrey Akopyans esa hamon klub tizimida ishlamoqda. Ular "Rostov" bilan shartnoma imzolaganidan keyin o‘z termalari safida 30dan ortiq o‘yinda maydonga tushishgan. Afsuski, ularning aniq statistikasini bilishning imkoni bo‘lmadi.

Eldor Shomurodov — hozirda O‘zbekiston terma jamoasining asosiy yulduzi. U bir necha marta O‘zbekiston termasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lish niyati borligini ma’lum qilgan edi. Katta ehtimol bilan u bu marrani zabt etadi. Faqatgina o‘tgan yili u o‘z mamlakati termasi safida 12ta o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Eldor "Rostov"ga o‘tganidan keyin O‘zbekiston terma jamoasida 24ta o‘yinda maydonga tushdi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 21:32, 04.05.2020.
O'qildi: 7834 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.