Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Jeymi Karrager YECHL g‘oliblari ramziy jamoasini tuzdi: Ronaldu unga kiritilmadi

Jeymi Karrager YECHL g‘oliblari ramziy jamoasini tuzdi: Ronaldu unga kiritilmadi

Baho:
+ | -1

«Liverpul» klubi sobiq himoyachisi va hozirda teleboshlovchilik qilayotgan Jeymi Karrager faoliyatida hech bo‘lmasa bir marta Chempionlar ligasi sovrinini qo‘lga kiritgan futbolchilardan ramziy jamoani tuzib chiqdi.

Karrager ushbu jamoani tuzishda o‘z oldiga bir nechta shartlarni qo‘ydi:

— 11 o‘yinchi, bitta zaxiradagi o‘yinchi va murabbiy;
— futbolchilarning klubi va milliy jamoasi takrorlanmasligi kerak;
— o‘yinchi bir nechta klub safida turnirda g‘alaba qozongan bo‘lishi mumkin;
— Hisob 1992/93 yilgi mavsumdan olindi.

Karragerning ramziy jamoasidan Krishtianu Ronaldu o‘rin olmadi. Vaholanki, portugaliyalik futbolchi faoliyati davomida 5 marta YECHLda g‘olib chiqqan va turnirning eng yaxshi to‘purari (128ta gol) hisoblanadi. Jeymi "Real"dan Fernando Yerroni tanladi.

Ramziy jamoaning hujum chizig‘idan Lionel Messi ("Barselona" va Samuel Eto'O ("Inter") o‘rin olishdi.

Karragerning ramziy jamoasi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ldi:

Darvozabon: Petr Chex («Chelsi», Chexiya)

Himoyachilar: Moreno Torrichelli («Yuventus», Italiya), Yurgen Koler («Borussiya» Dortmund, Germaniya), Fernando Yerro («Real», Ispaniya), David Alaba («Bavariya», Avstriya).

Yarim himoyachilar: Didye Desham («Marsel», Fransiya), Stiven Jerrard («Liverpul», Angliya), Klarens Zeedorf («Ayaks», Niderlandiya), Kaka («Milan», Braziliya).

Hujumchilar: Lionel Messi («Barselona», Argentina), Samyuel Eto′O («Inter», Kamerun).

Zaxira: Deku («Portu», Portugaliya).

Murabbiy: Aleks Fergyuson («Manchester Yunayted», Shotlandiya).

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 22:00, 04.05.2020.
O'qildi: 5659 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.