Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Evra "Liverpul"ning turmadagi muxlislari tomonidan tahdid qilinganini bilasizmi?

Evra "Liverpul"ning turmadagi muxlislari tomonidan tahdid qilinganini bilasizmi?

Baho:
+ | -

Fransiyalik futbolchi Luis Suares bilan bo‘lib o‘tgan janjaldan keyin haqiqiy dahshatni boshdan kechirgan.

Angliyaning "Manchester Yunayter" klubi sobiq himoyachisi Patris Evra Luis Suares bilan bo‘lib o‘tgan janjalni yodga oldi. Urugvaylik futbolchi o‘shanda «Liverpul» klubida o‘ynardi va Evraga irqiy munosabatda bo‘lgandi. 2011 yilda fransiyalik futbolchi har kuni turli xil tahdidlar ostida qolaverdi.

«Menga: «Biz hozir turmadamiz, turmadan chiqqanimizda seni va oilangni o‘ldirib yuboramiz» deb xat yuborishgandi. Xuddi shunday xatlarni ikki oy davomida oldim. Har tarafimda xavfsizlik xodimlari bor edi, tansoqchilar bilan birga yuradigan bo‘lib qolgandim. Nima uchun insonlar meni bu darajada yomon ko‘rishlarini tushunmasdim. Ular shunchaki haqiqatni bilishmagan.

O‘shanda Suares menga: «Menga tegma, men qora tanli insonlar bilan gaplashmayman»-degandi. Biz buni hal qilish jarayoniga borganimizda esa u yolg‘on gapirishni boshladi. O‘shanda u "negro" so‘zi "do‘st" ma’nosini anglatadi deb o‘ylaganini aytgandi.

Baribir u barchasini tan olgandi va uni sakkizta uchrashuvga diskvalifisiya qilish bilan bir qatorda, katta miqdordagi jarimaga ham tortishgandi», – deb esladi Evra.

Evra keyinchalik Suares bilan munosabatlarni yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuvlarning birida ular qo‘l berib salomlashishgandi.

Kiritildi: 01:15, 05.05.2020.
O'qildi: 3641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.