PSJ yarim himoyachisi Erik Shupo-Moting bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda jurnalist Nikola Skira xabar tarqatmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, parijliklar 31 yoshli futbolchi bilan shartnomani 2021 yilgacha uzaytirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Shupo-Motingning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.