Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

MOQ vise-prezidenti Salim Abduvaliyev 70 yoshga to‘ldi

MOQ vise-prezidenti Salim Abduvaliyev 70 yoshga to‘ldi

Baho:
+ | -

Bugun MOQ vise-prezidenti, O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi raisi va o‘zbek sportining jonkuyarlaridan biri Salim Kirgizbayevich Abduvaliyev o‘zining yubiley 70 yillik tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Hurmatli Salim Kirgizbayevich,

O‘zbekistonda bir necha yillardan beri jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, Olimpiya harakati rivojiga qo‘shayotgan munosib hissangizni yuksak qadrlaymiz. Siz nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyoda sport kurashlarining rivoji yo‘lida hissa qo‘shib kelayotgan mutaxassis hisoblanasiz.

Sobiq Ittifoq paytida Arsen Fadzayev, Maxarbek va Aslan Xadarsev kabi polvonlarni jahonga mashhur qilgan mutaxassislardan birisiz. Ularning Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlarida g‘olib bo‘lib, shohsupaga ko‘tarilishlarida sizning hissangiz juda katta. Mustaqillik yillarida esa O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi raisi sifatida Aleksandr Dokturishvili, Artur Taymazov, Soslan Tigiyev, Bekzod Abdurahmonov, Ixtiyor Navro‘zov, Elmurat Tasmuradov, Mo‘minjon Abdullayev va Magomed Ibragimovlar kabi polvonlarning yirik sport musobaqalarida yurtimiz nomini dunyoga tanitishdagi sa’y-harakatlaringizni qadrlaymiz.

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vise-prezidenti sifatida yurtimizda sport kurashlari bo‘yicha kuchli maktab shakllanishida qo‘ygan poydevoringiz, poytaxtimizda kattalar o‘rtasidagi Osiyo va jahon chempionati kabi musobaqalarning o‘tkazilishi yo‘lida ko‘rsatgan jonbozligingizni, biz bilan yelkama-elka olib borayotgan faoliyatingizni hurmat qilamiz.

Bugungi shodiyona kunda sizni 70 yoshlik qutlug‘ ayyomingiz bilan Milliy olimpiya qo‘mitasi, katta sport jamoatchiligi va yurtimizdagi Olimpiya harakatining barcha ishtirokchilari nomidan muborakbod etishga ijozat bergaysiz. Sizga uzoq umr, mustahkam sog‘liq va sportimiz taraqqiyoti yo‘lidagi ishlaringizga rivoj tilaymiz.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 11:13, 05.05.2020.
O'qildi: 9081 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.