Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Alkantara qoladimi?

Myunhenning “Bavariya” jamoasi yarim himoyachisi Tiago Alkantaraning yozda jamoani tark etishi borasidagi mish-mishlar urchib ketganidan xabaringiz bor.

“Bild” nashri bergan xabarlarga qaraganda, yarim himoyachi hech qayerga ketmaydigan bo‘ldi.

Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchi tez orada “Bavariya” bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishishga yaqin turibdi.

“Milan” “Arsenal” kurashga qo‘shildi

 

Italiyaning “Milan” jamoasi “Arsenal” nishonida turgan “RB Zalsburg” yarim himoyachisi Dominik Sobaslaini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

“Milan News” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “rossonerilar” allaqachon vengriyalik futbolchi uchun 15 million yevro taklif qilishga ulgurgan.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, Avstriya klubi 19 yoshli futbolchini 20 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emasligini rasman e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchining o‘yinlarini “Arsenal” skautlari stadiondan turib tomosha qilishgan edi.

Remzi APLga qaytadi

Aaron Ramziy yozda APLga qaytishga juda yaqin turibdi.Calciomercatonashri bergan xabarlarga qaraganda, Turin klubi uyelslik futbolchini allaqachon o‘z rejalaridan chiqarib yuborgan va uning transferidan 30 million yevro ishlab olmoqchi.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tajribali futbolchining hizmatlari bilan “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Liverpul” singari grand jamoalari qiziqish bildirmoqda.

“Manchester Yunayted” ishga kirishdi

 

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi Fransiyaning “Monako” klubi hujumchisi Vissam Ben Yeder bilan muzkoralarni boshladi.

“Le10Sport” nashri bergan xabaralarga qaraganda, “qizil iblislar” allaqachon fransiyalik hujumchining agenti bilan uchrashgan va shaxsiy shartnomaning ayrim bandlari borasida fikr almashgan.

Manba ma’lum qilishicha, “Monako” yevropkuboglarda ishtirok etmagani bois, hujumchini 40 million yevro evaziga sotib yuborishga tayyor.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 05:12, 06.05.2020.
O'qildi: 13305 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.