Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:30 Atletiko 3-0 Rayo Valyekano
25/04 00:30 Betis 5-1 Valyadolid
25/04 21:30 Al-Hilol 7-0 Kvangju
26/04 05:00 Nottingem Forest - Brentford
26/04 16:30 Chelsi - Everton
26/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Xorazm
26/04 19:00 Mash’al - Surxon
26/04 19:00 Brayton - Vest Xem
26/04 19:00 Nyukasl - Ipsvich
26/04 19:00 Sautgempton - Fulhem
26/04 19:00 Vulverhempton - Lester
26/04 20:15 So‘g‘diyona - Andijon
27/04 00:30 An-Nasr (SA) - Yokogama Marinos
27/04 15:30 Venetsiya - Milan
27/04 15:30 Komo - Jenoa
27/04 18:00 Fiorentina - Empoli
27/04 18:00 Inter - Roma
27/04 18:00 Navbahor - Buxoro
27/04 18:00 Paxtakor - Sho‘rtan
27/04 18:00 Bornmut - Man. Yunayted
27/04 19:15 Vilyarreal - Espanyol
27/04 20:15 Nasaf - Qizilqum
27/04 20:30 Liverpul - Tottenhem
27/04 21:00 Yuventus - Monsa
27/04 21:30 Kavasaki Frontale - As-Sadd
27/04 23:45 Atalanta - Lechche
27/04 23:45 Napoli - Torino

Xayrulla Hamidov maqolasi: "Maradona tan olgan yulduz"

Xayrulla Hamidov maqolasi: "Maradona tan olgan yulduz"

Baho:
+ | -

6 may kuni Mateo Kovachech, Dani Alvesh kabi iqtidorlar tavallud kunini nishonlashadi. Biz boshqa yulduzga – Dris Mertensga e’tibor qaratmoqchimiz.

A seriyani ikki yildan beri titratayotgan hujumchi Sarri davrida fenomenal o‘yinlar ko‘rsatdi. Sarri u haqda yaxshi fikr bildirgan: "Drisni maydonga tushirayotganda, taktikani o‘zgartirish shart emas. Uning tushishini o‘zi o‘yinning o‘zgarishidir. Raqib taktikasidan ham asar qolmaydi”.

Rostanam Mertens Napolidagi o‘yinlarida asosiy tarkibda tushsa, almashtirilsa, neapolliklar sustlashishadi, zaxiradan tushganida, o‘yinni kuchaytiradi. Doim.

Hozirgi murabbiy haqida sal boshqacharoq fikrda: "Oxirgi payt biz boshqacha o‘ynayapmiz. Negadir menga nuqul ikkinchi qavatdan to‘p uzatilyapti. Meni Piter Krauch deb o‘ylashayotgan bo‘lsa kerak, deb yuboraman goho. Yangi “Napoli”ga kirishish mening bo‘yimdagi hujumchiga osonmas”.

Iqtibosini eshitdingiz. Aslida shu holida ham Mertens yakkakurashlarda baquvvat raqiblaridan ko‘ra yaxshiroq ko‘rsatkichda. Bittaga bitta istalgan himoyachini alday oladi. "Liverpul" klubining ajoyib vakillari guvohlik berishadi. 31 yoshli forvardning zarbalari ham xavfli.

Diyego Armando Maradona hozirgi “Napoli”dan faqat Drisni o‘zining afsonaviy "Napoli"sida o‘ynay olardi, deb aytgan. Bu gapi uchun Mertens argentinalik yulduzga libosini sovg‘a qilgan.

Mertensning yaxshi xususiyati yangi taktikaga kirishuvchanligi. Belgiya terma jamoasida ham gullashi taxmin qilinmoqda.

YANA...

Shu kuni o‘tgan 2009 yilning chempionlar ligasi yarim finali "Chelsi" – "Barselona" o‘yinini eslaysizmi? Ha, o‘sha o‘yin. Hakam Evrebening xatosiga limmo lim toshgan yarim final va so‘nggi soniyalarda Inyestaning supergoli. O‘sha uchrashuvga ham o‘n bir yil bo‘lib qo‘yibdi. Haligacha tortishuvlarga sabab bo‘ladigan o‘yin. O‘sha uchrashuv menga nimasi bilan qiziq, aytaymi? Agar xato deyilsa xatosi bilan.

"Chelsi" ajoyib klub edi, gap yo‘q, ammo o‘yin tomonlama o‘sha payt Barselona benazir edi. Bu jamoaning finalga chiqmasligi futbol e’tibori bilan adolatdan bo‘lmasdi. Mabodo deylik, o‘sha kuni Chelsi yengganida, London klubi qatorasiga ikkinchi marta finalga chiqayotgan va yana MYU bilan o‘ynardi. Yengdi, yengmadi, futbol uchun katta voqelik emasdi. Ammo Barsa o‘sha lahzalarda yenga olmasa va finalga chiqmasa, Pep ketkazilishi, balki uslub o‘zgarishi mumkin edi.

Bilasizmi, keyin nima bo‘lardi? Bilmadim, bilmadim. Shuning uchun ham o‘sha o‘yinni ko‘pgina muxlislar hakamning xatosi bilan eslashadikuya, men yangi uslub bilan kirib kelayotgan dahoning chaqaloqligida bo‘g‘ib o‘ldirilishi sodir bo‘lmaganidan xursand bo‘laman. Uni o‘stira oldi futbol. Yangi era taqdim eta oldi. Hakamning xatosi deysizmi? O‘sha kuni aslida Evrebe u tomonga ham, bu tomonga ham ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ygan edi. Atay Barsaga yon bosgan degan fikrdan uzoqman. Mana shu detallarni chetga surib, faqat o‘yin tomonlama qaraganimizda kataloniyaliklar 2009 yili barchadan kuchli edilar. Barchadan. Barchadan kuchli jamoaga omad ham yordam berib yuborishi oddiy hodisa.

Manba: Хайрулла Ҳамидов телеграм канали
Kiritildi: 11:12, 06.05.2020.
O'qildi: 5272 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz