Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Toni Fergyuson: «Habibga qarshi jangga yetti oy tayyorlangandim»

Toni Fergyuson: «Habibga qarshi jangga yetti oy tayyorlangandim»

Baho:
+ | -

Amerikalik yakkakurashchi Toni Fergyuson UFC 249 musobaqasi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Jastin Getjiga qarshi jang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Keyingi raqibim Getji bo‘lishi men uchun noodatiy xabar bo‘ldi. Men olti yoki yetti oy shug‘ullandim. Habibga qarshi jang qilishimni bilgunimga qadar ham mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgandim. O‘sha musobaqaga qadar formamning eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan bo‘lardim. Hozir jismoniy holatim o‘zgargan.

Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyim yo‘q edi va o‘z murabbiylarimni har bir mashg‘ulot paytida meni tekshirib turishga majbur qildim. Kuniga 12 soat shug‘ullanardim, bu oson emas edi. Biroq bu ishni qildim. Shunday jamoaga ega ekanim, mening omadim. Bu dunyodagi eng yaxshi jamoalardan biri va men hammasiga tayyorman.

The Ultimate Fighter musobaqasida 78 kilogramm vazn toifasida g‘alaba qozonganman. Shunday ekan menga kimni ro‘baro qilishingizni farqi yo‘q. Men u yerga boraman, qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. G‘alaba yoki mag‘lubiyat, men g‘olib bo‘lmoqchiman», — deydi Fergyuson.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent vaqti bilan 10 may kuni Toni Fergyuson UFC 249 musobaqasining asosiy jangida Jastin Getjiga qarshi jang qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:26, 06.05.2020.
O'qildi: 3737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик