Bugun Yevropa Chempionlari Ligasi yarim final doirasida bo‘lib o‘tgan "Barselona" hamda "Bavariya" klublari o‘rtasidagi uchrashuv mobaynida Leo Messi "Bavariya" himoyachisi Jerom Boatengni ajoyib fint ishlatib, qochib ketganiga roppa-rosa besh yil bo‘ldi.
Boateng o‘zi ushbu voqeani yodga olib, o‘zining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida post qoldirdi.
- Mana sizlarga shunday og‘ir kunlarda kulish uchun sabab. Bu orada men popkorn to‘plab olganman va 2014 yilgi Jahon chempionati finalini tomosha qilib o‘tiribman"-deb post qoldirdi Germaniya terma jamoasi himoyachisi.