Angliya Premyer-ligasi mavsum qayta davom ettirilganidan keyin o‘yinchilarining xatti-harakatlariga yangi qoidalarni joriy qilmoqchi.
"The Telegraph" tarqatgan xabarga ko‘ra, APL futbolchilarga o‘yin paytida tupurish, uchrashuvdan keyin futbolka almashish, bir idishdan suv ichish va golni jamoaviy nishonlashni taqiqlamoqchi.
Ushbu choralar APL klublarining yig‘ilishida muhokama qilinadi va ular 12 oy davomida amalda bo‘ladi.