"PSJ" yarim himoyachisi Leandro Paredes hujumchi Neymar jamoani tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlarga o‘z fikrini bildirdi.
"Biz Neymar bilan ko‘p gaplashamiz. U doimo menga qo‘ng‘iroq qilib turadi. Men xotirjamman, u jamoada qoladi", — dedi argentinalik futbolchi "Fox Argentina" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchining "PSJ" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.