Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Komo 1-5 Lasio
01/11 00:45 Roma 1-0 Torino
01/11 16:00 Lokomotiv 0-1 Nasaf
01/11 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Surxon
02/11 01:00 Alaves 1-0 Malyorka
02/11 15:00 Olimpik - Navbahor
02/11 17:15 Qizilqum - Dinamo
02/11 17:30 Nyukasl - Arsenal
02/11 18:00 Osasuna - Valyadolid
02/11 19:00 Bolonya - Lechche
02/11 20:00 Bornmut - Manchester Siti
02/11 20:00 Ipsvich - Lester
02/11 20:00 Liverpul - Brayton
02/11 20:00 Nottingem Forest - Vest Xem
02/11 20:00 Sautgempton - Everton
02/11 20:15 Jirona - Leganes
02/11 22:00 Udineze - Yuventus
02/11 22:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
02/11 22:30 Vulverhempton - Kristal Pelas
03/11 00:45 Monsa - Milan
03/11 01:00 Valensiya - Real Madrid
03/11 16:00 Neftchi - Bunyodkor
03/11 16:30 Napoli - Atalanta
03/11 18:00 Atletiko - Las-Palmas
03/11 18:15 Metallurg - OKMK
03/11 19:00 Torino - Fiorentina
03/11 19:00 Tottenhem - Aston Villa
03/11 20:15 Barselona - Espanyol
03/11 21:30 Man. Yunayted - Chelsi
03/11 22:00 Verona - Roma
03/11 22:30 Sevilya - Real Sosyedad

Jozeni yig‘latgan voqea va tunnel so‘ngidagi yorug‘lik

Jozeni yig‘latgan voqea va tunnel so‘ngidagi yorug‘lik

Baho:
+ | -

Stadion.uz karantin chog‘ida ham tinib tinchimayotgan “Tottenxem” ustozi Joze Mourinyoing “Sky Sports” va “Marca” nashri jurnalistlari bilan bo‘lgan suhbatda o‘z faoliyati haqidagi ta’sirli va alamli lahzalar bilan o‘rtoqlashdi.

Futbol olami haqida

Men futbolni sog‘inayotganimni yashirib o‘tirmayman. Shunday bo‘lsa-da, insoniylik yuzasidan aytishim mumkinki, hozir undanda muhimroq omillar mavjud. Men o‘z ishimni emas, o‘z dunyoimni sog‘indim. Futbol mening dunyoim bo‘lishiga qaramay, barchamiz sabrli bo‘lishimiz kerak. Bu kurashda barcha birdek harakat qilishi darkor. Men o‘z yaqinlarini virus sababli yo‘qotgan barcha insonlarga hamdardlik bildiraman.

Mavsumni yakunlanishi haqida

Men tunnelning so‘ngida yorug‘lik ko‘rishga ko‘nikib qolganman. Agar biz qolgan 10 tur uchrashuvlarida maydonga tushsak, barcha uchun birdek yaxshi bo‘lar edi. Bundan tashqari, bu uchrashuvlar premyer-liga uchun ham juda muhim. Agar o‘yinlar yopiq stadionda o‘tkazilsa ham, bu men uchun uchrashuvlar yopiqtarzda o‘tkazilayotganini bildirmaydi. Ahir, o‘yinlar teletranslyasiya qilinadi. Oynaijahon ortida bu uchrashuvlarni millionlab muxlislar tomosha qilishadi. Shunday ekan, qachon biz bo‘sh stadionlarda to‘p sursak, ular aslida bo‘sh emasligini anglab yetishimiz kerak bo‘ladi.

Pandemiya chog‘idagi mashg‘ulotlar haqida

Barcha uchrashuvlar to‘xtatilishi oldidanbiz fubolchilarimizga uyda mashg‘ulot o‘tkazish uchun sharoit yaratib berish ishlarini boshlab yuborgan edik. Oradan bir necha kun o‘tib biz qo‘rqqan narsa sodir bo‘ldi. Endilikda, har futbolchining uyida birgalikda onlayn mashq o‘tkazishimiz uchun texnikalar bor. Klub barchasini oldindan rejalashtirgani qo‘l kelmoqda. Men mana shunday qiyin pallada ham bor e’tiborini mashg‘ulotlarga qaratayotgan futbolchilarim bilan faxrlanaman.

Ilk APL chempionligiga 15 yil

Men bu haqida o‘ylashdan ko‘ra, 4 bor APLda tengsiz jamoaning murabbiyi bo‘lish haqida bosh qotirishni afzal ko‘raman. Hozircha 3 ta chempionlik cho‘ntagimda, endi yana bir bor bu ishni uddalashim lozim.

“Real” bilan 100 ochko va 2012-yildagi chempionlik haqida

O‘sha mavsum mening murabbiylikdagi pik nuqtam edi deyishim qiyin. Shunga qaramay, aynan o‘sha mavsumda biz “Barselona”ning gegemonligiga butkul barham bergan edik. Bizning jamoa o‘sha davrda Yevropaning eng kuchli klubi edi. Biz raqib jarima maydonchasiga ishonch, tezkorlik va ortiqcha kombinasiyalarsiz yetib borish borasida chinakam professionallarga aylangan edik. Biz nafaqat Ligada g‘olib chiqdik, hatto Ispaniya futbol tarixidan muqim o‘rin ham egalladik.

“Bavariya”dan uchralgan alamli mag‘lubiyat

Tan oling, o‘sha mavsumda “Real” sayyoramizning eng kuchli jamoasi edi. Shu sababli, “Bavariya”ga boy berilgan uchrashuv bizni g‘amga soldi. Afsuski, bu futbol va unda barcha narsa amalga oshishi mumkin. Ronaldu, Kaka va Ramos o‘yin so‘nggida penaltilar seriyasida aniq zarba bera olishmadi. Bu yigitlar futbol olaminng monstrlari aslida, biroq ular ham oddiy inson. O‘sha oqshom ilk bor alamdan ko‘z yosh to‘kkan edim. Yaxshi eslayman, uchrashuvdan so‘ng, men va aytor Karanka Madriddagi uyim oldida mashinada o‘tirgancha ko‘z yosh to‘kkan edik. Bu juda va juda alamli mag‘lubiyat bo‘lgan edi. Sababi, biz o‘sha chog‘da dunyoning eng kuchli klubiga aylangan edik.

“Real”ning chempionlik mavsumidagi asosiy figurasi?!

Men qaysidir futbolchini alohida ko‘rsatib fikr bildirishdan doimo qochaman. U Ronaldu yoki boshqasi bo‘lishidan qat’i nazar. “Real”ning men boshqargan davridagi barcha futbolchilari professional edi. Ularning har biri g‘alaba qozonishni chin yurakdan istagani uchun ham biz Ispaniyada o‘z gegemonligimizni o‘rnatganmiz. O‘sha “Real”ning Kalyexon va Granero singari futbolchilari yodimda yaxshi saqlanib qolgan. Ular jamoaning asosiy futbolchisi bo‘lishmasada, doimo g‘alaba uchun katta hissa qo‘shishar edi. Afsuski, o‘sha jamoa Chempionlar ligasida zafar quchishga haqli edi.

Eng qadrli chempionlik

Agar Portugaliyadagi yutuqlarimni inobatga olmasak, “Inter”dagi trebl mening shaxsiy “xet-trik”im sifatida tarixda qoldi. Men faoliyatim boshida Italiya, Angliya va Ispaniyada chempionlikka erishishni istagan edim. Amalda bu ishning uddasidan chiqdim. Men haligacha bu musobaqalarda g‘olib chiqqan yagona murabbiy bo‘lib turibman. Aslida, men uchun barcha sovrinlar qadrli. Men asosiy maqsadim – futbol tarixida qolishni uddalab bo‘lganman.

Himoyaviy futbol haqida

Men bu haqida aytishim kerak bo‘lgan barcha so‘zlarni ishlatib bo‘lganman. Tarix mavjud ekan, hech kim tarixdan yaxshi so‘zlay olmaydi. Barcha-barcha ishlarimiz tarixda qoladi. Biz erishgan yutuqlar allaqachon futbol tarix kitoblaridan joy olib bo‘ldi. Shu o‘rinda, men tarbiyalangan yigitlar allaqachon futbol olamida mashhur shaxsga aylanib bo‘lganini inobatga olsak, tanlagan uslubimdan sira afsuslanmasligim kerak.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 05:59, 08.05.2020.
O'qildi: 4875 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.