Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Muhsin Muhammadiyev: «Mavsum boshidagi xatolarimizni yuvish uchun qattiq ter to‘kamiz»

Muhsin Muhammadiyev: «Mavsum boshidagi xatolarimizni yuvish uchun qattiq ter to‘kamiz»

Baho:
+ | -

"Buxoro" klubi bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiyev jamoa matbuot xizmatiga qisqacha intervyu berdi.

— Assalomu alaykum, Muhsin Muslimovich. Ayni damda butun dunyoda koronovirus pandemiyasi sabab karantin e’lon qilingan, siz o‘z o‘zingizni izolyasiya qilish davrini qanday o‘tkazmoqdasiz?
— Assalomu alaykum, aziz futbol ishqibozlari, hozirgi kunda men oilam bilan birga o‘z uyimda, ya’ni Moskvada karantin davrini o‘tkazyapman.

— Butun dunyo bu ofatdan jabr ko‘ryapti, normal hayot pandemiya tufayli butunlay o‘zgarib ketdi.
— Afsuski, hamma o‘z uyida izolyasiya davrini o‘tkazishi shart, nafaqat sportchilar, balki boshqa kasb egalari ham o‘z ish faoliyatlarini davom ettira olishmayapti. Nima ham qila olardik? Bundan qochib qutulib bo‘lmaydi, juda ham og‘ir davr.

— Jamoamizning hozirgi ahvoli haqida aytib o‘tsangiz.
— Bugunga kelib, jamoamiz futbolchilari 40 kundan beri karantin davrini o‘z uylarida o‘tkazishmoqda. O‘zbekiston superligasi 3-tur uchrashuvlari yakunlangach, ya’ni 15-martdan beri hech bir jamoa birga shug‘ullanmayapti. Biz ham barcha futbolchilarimizga javob berdik. Murabbiylar shtabi ta’tilga chiqdi. Legionerlarni ushlab turishdan ma’no yo‘q edi, shu sababli ular ham o‘z yurtlariga uchib ketishdi. Chunki chempionatning qayta tiklanishi mavhum edi. Mahalliy futbolchilarga kelsak, ko‘plari Buxoro viloyatida istiqomat qilishadi. Toshkent va boshqa viloyatlarda bo‘lgan futbolchilarimiz bilan har kuni aloqadamiz. Futbolchilarmiz o‘z formalarini yo‘qotmaslik uchun o‘z uylarida individual mashqlar olib borishyapti va albatta chempionat qayta boshlanishini intizorlik bilan kutishyapti.

— Yaqin orada O‘zbekiston superligasi davom ettiriladi degan umiddamiz, agar bu sodir bo‘lsa, jamoamiz chempionatga to‘liq tayyor bo‘la oladimi?
— Chempionatni davom ettirish uchun hali konkret kun belgilanmagan, biz hozircha kutish rejimidamiz. Hukumat ruxsat bersa, mashg‘ulotlarga kirishamiz, hozircha esa faqat bizdan kutish.

— Legioner futbolchilarmizning barchasi chet elda. Milovan Kapor Kanadada, Artyom Baranovskiy va Jaba Lipartiya Ukrainada, Edin Yunuzovich esa Xorvatiyada. Bu legionerlarimiz asosiy tarkib futbolchilari hisoblanishadi. Agar chempionat davom ettirilib, xalqaro aviareyslar yo‘lga qo‘yilmasa bu futbolchilar safimizga kelib qo‘shila olishmaydi. Menimcha, bu masalani ham qandaydir yechimini topish kerak bo‘ladi.
— Menga kelib yetgan xabarlarga ko‘ra, 12-maydan keyin, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi jamoalarga o‘z qarorgohlarida umumiy mashg‘ulotlar olib borish uchun ruxsat berilishi kutilmoqda, unda barcha gigiyena qoidalariga amal qilib yopiq holda o‘tkazilishi rejalashtirilyapti.

Barcha futbolchilar dam olishdan charchashdi, bundan keyin yeng shimarib mehnat qilib, keyingi turlarga tayyorlanish kerak. To‘g‘ri, ikki haftada jamoa o‘z formasiga qaytishi qiyin masala, lekin nafaqat biz, balki butun dunyo chempionatlarida jamoalar shu ahvolda. Nolishga hojat yo‘q! Biz barcha harakatlarimizni, chempionat boshidagi xatolarimizni yuvish uchun qattiq ter to‘kamiz. Ishqibozlar oldida aybdormiz, ular jamoadan faqat g‘alaba kutishadi. Biz hali o‘z so‘zimizni aytishga ulgurmadik, omadsiz start bizni to‘xtata olmaydi.

Barcha "Buxoro" jamoasi muxlislariga omad tilagan holda, oilalariga tinchlik, sog‘lik va osoyishtalik tilayman.


"Buxoro" matbuot xizmati
Oybek Jumanazarov telefon orqali suhbatlashdi.

Manba: https://t.me/buxoropfc
Kiritildi: 10:50, 08.05.2020.
O'qildi: 2805 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.