Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Erling Xoland haqida mashhurlar qanday fikrda?

Erling Xoland haqida mashhurlar qanday fikrda?

Baho:
+ | -

Stadion.uz norvegiyalik hujumchining katta futboldagi qadamlariga mashhurlarning fikri qanday ekanligi bilan qiziqdi.

Erling Xoland qisqa fursat ichida barchaning e’tiborini tortgani rost. Klassik markaziy hujumchilar erasi yakunlangandek ko‘ringan bir paytda katta sahnaga ko‘tarilgan Xoland haqida allaqachon turli-tuman maqolalar e’lon qilindi. Endi navbat futbol olamida mashhurlikka erishgan sobiq futbolchi va murabbiylarning norvegiyalik “bolakay” haqida bildirgan fikrlariga.

Ole-Gennar Sulsher (futbolchining “Molde”dagi murabbiyi)

Bundan 2 yil avval Sulsher kamtarin “Molde” ustozi edi. Endilikda, u butun dunyoda muxlislar armiyasiga ega “Manchester Yunayted”ning murabbiyiga aylandi. Qahramonimiz “Molde”ni boshqarayotgan paytida endigina nom qozonayotgan Erling Xolandga qisqa muddat bo‘lsada ustozlik qilishga muvaffaq bo‘lgan. Aslida, norvegiyalik murabbiy shogirdini tumanli albionga olib kelmoqchi edi, biroq Mino Rayolaning qaysarligi transferni barbod qildi.

“Hech qachon futbolchining agentiga shaxsiy shartnomada o‘zi istagan punktlarni joylashtirishi uchun imkon bermaslik lozim. Biz Xolandni faqat turli muammolardan uzoqroq bo‘lish va Mino bilan tinimsiz muloqotda bo‘lmaslik uchun sotib olmadik. Erlingga keladigan bo‘lsam, uning o‘yinlari meni zavqlantirmoqda. Vaholanki, men hech qachon boshqa jamoadagi futbolchilar haqida fikr bildirmasam-da, bu uning o‘yinlari menga yoqayotganini yashirib o‘tirishimga sabab bo‘la olmaydi. Quvonarlisi shundaki, u faoliyatidagi ilk katta klubda o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Bu nafaqat uning, balki Norvegiya terma jamoasining ham g‘alabasi!

Kristian Viyeri (Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi)

“Xoland o‘z oldida turgan variyantlar ichida eng yaxshisini tanladi. “Borussiya Dortmund” unga kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha imkoniyatlarni taqdim etishga qodir jamoa. Dortmundda yosh va iqtidorli futbolchilarni juda qadrlashadi. Boz ustiga, unga darrovasosiy tarkibdan joy taqdim etildi. Tan olish lozim, Xoland fantastik iqtidor egasi. Bir necha yillardan so‘ng, uning transfer qiymati 200-300 million yevroga baholanishi hech gap emas”.

Mino Rayola (futbolchining agenti):

“Agar Xolandni “Real Madrid” sotib olsa, Erling Madrid klubi uchun har mavsumda 40-50 ta gol kiritishga qodir. U osonlik bilan Krishtianu Ronalduning rekordlarini yo‘qqa chiqara oladi va bir nechta mavsumdan so‘ng, uning faoliyatidagi pik davrini ko‘rishingiz aniq”.

Stanislav Masek (Xolandning “Zalsburg”dagi ustozi)

Men u haqidagi g‘alati voqeani so‘zlab berishim mumkin. Uning qiz o‘rtog‘i ham Norvegiyadan. Bir kuni u “Zalsburg”ga Xolandniko‘rgani keldi. Oradan bir necha kun o‘tib, uning ortga qaytib ketganidan xabar topdim. Futbolchidan buning sababini so‘raganimda, u o‘z xohishi bilan uni ortga uchirib yuborganini va ayni damda bor e’tiborini futbolga qaratishi lozimligini aytdi. Ochig‘i,shogirdimning so‘zlaridan hayratda qoldim. To‘g‘risi, bu o‘zini professional tarzda tutayotgan bolakayning fikrlashi meni shok holatiga solib qo‘ydi. O‘ylashimcha, u yangi Ibrahimovich bo‘lishga qodir. Tyezlikda va to‘p bilan harakatlanishda benazir futbolchi. Eng muhimi, u “Borussiya Dortmund”ga yo‘l olish orqali, oldinga katta qadam tashladi. Agar o‘sishdan to‘xtab qolmasa, tez orada “Real Madrid”da ko‘rinish berishi ham mumkin. Menimcha, u aynan “Real” uchun “yaratilgan”.

Ottmar Xitsfeld (YECHLda “Bavariya” va “Borussiya” bilan g‘olib chiqqan murabbiy):
“Erling o‘yinni juda yuqori darajada his etadi. Bundan tashqari, gol urish orqali o‘z darajasini yaxshilashga urinadi. Nima bo‘lgan taqdirda ham “Real” Erlingni sotib olishi shart. Aslida, “qirollik klubi” u “Borussiya”ga o‘tmasidan oldin bu ishni amalga oshirishi kerak edi.

 

Jessi Marsh (“Zalsburg” bosh murabbiyi):

“Xolandning jismoniy imkoniyati, kurashuvchaniligi haqida ko‘p so‘zlashmoqda, biroq Erling nafaqat kuchli, balki juda tezkor futbolchi ham ekanligini e’tibordan qochirmang. U ikki qadam tashlashdayoq o‘zining maksimal tezligini olishga qodir. Bundan tashqari, uning jismoniy imkoniyatidan unumli foydalanishi ham tahsinga sazovor. Xoland o‘zidagi barcha ustunliklarni bir joyda jamlash orqali tobora top darajadagi futbolchiga aylanib bormoqda. O‘ylashimcha, unda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun potensial mavjud”.

Alf-Inge Xoland (Erlingning otasi, sobiq futbolchi):

Albatta o‘g‘lim bilan faxrlanaman. Uning faoliyati mana shunday ko‘rinish olgani xursand qiladi, biroq ayni damda eng muhimi bu emas. Muhimi, u nima bo‘lgan taqdirda ham o‘sishdan to‘xtab qolmasligi. Erling “Borussiya”ga o‘tguniga qadar qanday jadallik bilan o‘sgan bo‘lsa, shu tempda davom etish kerak. Bugungi kunda uning faoliyati Dortmundda davom etayotganidan xursandman. Faoliyatining bu pallasida Xoland tanlovda adashmadi. Ayni damda uning faoliyati qayerda davom etishi borasidagi savollar ko‘p yangramoqda. Ha, tan olaman, menga Ispaniya juda yoqadi. Li Liga o‘g‘lim uchun keyingi manzil bo‘lsa, bundan faqat shod bo‘laman. Bundan tashqari, o‘g‘lim Martin (Edegor nazarda tutilmoqda) bilan to‘p surishdan zavq oladi. Ular deyarli birga katta bo‘lishgan va maydonda bir-birlarini so‘zsiz tushunishga qodir”.

Dmitriy Berbatov (Bolgariya terma jamaosi sobiq hujumchisi):

“Xoland o‘z faoliyatidagi eng to‘g‘ri qarorni qabul qildi. Ko‘pincha uning yoshidagi yigitlar yaxshi mashina, qizlar va to‘kin hayot ilinjida shaxsiy shartnoma bilan aldanib qolishadi. Xoland, ulardan farqli ravishda futbolchi sifatida o‘sishga qaror qilgani quvonarli. Uning iqtidori shu qadar yorqinki, qo‘rqmasdan Erling Ronaldu va Messining vorisi deyishim mumkin. Biz Erlingning jarohatlardan forig‘ bo‘lishini va doimo muammolardan uzoq bo‘lishini yaratgandan so‘rashimiz talab etiladi. Ana shundagina, u Ronaldudan o‘zib ketishi mumkin”.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 06:11, 09.05.2020.
O'qildi: 6382 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.