Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Melo ham Kyellinining tanqidini javobsiz qoldirmadi: U ishtoniga «bajarib» qo‘yardi

Melo ham Kyellinining tanqidini javobsiz qoldirmadi: U ishtoniga «bajarib» qo‘yardi

Baho:
+ | -

«Yuventus» klubi sobiq o‘yinchisi Felipe Melo turinliklar himoyachisi Jorjo Kyellinining tanqidiga javob qaytardi.

Italiyalik futbolchi Meloni yomonlar ichra eng yomon deya atab, jamoadagi muhit buzuvchi futbolchi sifatida tasvirlagan edi.

«U aynan nimani nazarda tutganini bilishni istardim. Men «Yuventus»da o‘ynaganimda, hech qachon o‘yinchilarga, rahbariyatga va klubga nisbatan hurmatsizlik qilmaganman. Kyellinini esa endi hurmat qilmayman. Hech qachon.

U meni yomonlar ichra eng yomon deb atab, hamisha janjallar men orqali boshlanishini aytdimi? Kyellini esa hamisha qo‘rqoq bo‘lgan va ishtoniga "bajarib" qo‘yardi...

Ehtimol, men «Galatasaroy»ga o‘tib ketib, so‘ngra «Yuve»ni Chempionlar ligasidan chiqarib yuborganim uchun u mendan xafa bo‘lgandir. Yoki «Inter» 2010 yilda treblga erishgani unga qattiq botganmikin? Men esa interistman.

Shuningdek, biz 2009 yilgi Konfederasiyalar kubogida Italiyani yirik hisobda mag‘lub etganimizni eslatishdi. Balki Kyellini terma jamoa bilan hech qanday sovrinni qo‘lga kiritmaganidan alamzada bo‘lsa kerak», — dedi Melo "La Gazzetta dello Sport" nashriga bergan intervyusida.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 20:55, 09.05.2020.
O'qildi: 7333 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик