2021 yilning yoziga belgilangan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari endi muddattini o‘zgartirmaydi. Buning sababi – mezbon mamlakat Olimpiadadek nufuzli sport anjumanini ikkinchi marta ham ko‘chira olmaydi.
«Bizning yaponiyalik hamkorlarimiz va shaxsan Bosh vazir O‘yinlarni kelgusi yilning yozidan boshqa muddatga qoldirmasligiga aniqlik kiritdilar», – deyiladi XOQ rasmiy veb-saytida.
OO‘-2020 shu yilning 24 iyulidan 9 avgustigacha o‘tkazilishi kerak edi, ammo butun dunyodagi pandemik vaziyat tufayli keyingi yilning xuddi shu sanalariga qoldirilganidan xabaringiz bor. Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe XOQ rahbari Tomas Baxga Olimpiadani ko‘chirish g‘oyasi taklifini bildirgach, shu qarorga kelingandi. O‘sha paytning o‘zidayoq Yaponiya Olimpiya o‘yinlarini bir yildan ortiqroq muddatga qoldirolmasligini ma’lum qilgan edi.