Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Azarning do‘sti, Van der Sarning shogirdi»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Azarning do‘sti, Van der Sarning shogirdi»

Baho:
+ | -

Bu kun yana bir ajoyib futbolchi tavallud ayyomini o‘tkazadi. Tibo Kurtua. Ayni paytda "Real Madrid" darvozasini qo‘riqlayotgan kiper yoshligida ota-onasining qistovi bilan voleybolga qatnashgan. Yarim professional darajada o‘ynagan insonlar farzandini ayni shu sport turida kamol topishini istashgan. Ammo bilishmaganki, ayni shu harakatlari bilan dunyoga ajoyib bir futbol posbonini tarbiya qilib berishayotganini. Opachasi Valeri Kurtua Belgiya terma jamoasi a’zosi, har holda bir farzandida ota-ona orzusi kamolini ko‘rishgan.

Tibo Kurtuaning “Genk” tarkibida maydonga tushishi ham tasodif tufayli bo‘lgan. O‘zidan oldingi uch posbon bir paytning o‘zida jarohat olishadi va murabbiy 16 yoshli tajribasiz yigitchani qo‘yishdan boshqa iloj topolmaydi. O‘sha payti qahramonimiz chap qanot himoyachisi sifatida o‘ynardi.

Keyingi faoliyatida ham belgiyalik darvozabon shunaqa vaziyatlar omadida yashagan. "Chelsi" umidli kiperni sotib olganida, Petr Chex o‘ynayotgani uchun "Atletiko"ga ijaraga berishadi va Madriddan 3 yil ichida asosiy posbon bo‘lib qaytadi.  Kurtua sharofatiga Belgiya lug‘atida “Tiboing” so‘zi paydo bo‘ladi. Vatanida bu qadar mashhur bo‘lib ketishiga sabab – "Atletiko"dagi fantastik ishtiroki. Simeoni ikki yil Kurtuani olib qolishga muvaffaq bo‘lgan, natijada uch mavsum Ispaniyada o‘ynagan kiper 111 o‘yinda qatnashib, 94 gol o‘tkazgan natijasi bilan Londonga qaytdi. Ammo Angliyaga kelar ekan, muxlislariga: “Men baribir Madridga qaytaman!” deb va’da bergandi. Qaytdi. Ammo "Atletiko"ning ashaddiy raqibi tomoniga.

Yana bir gapi mashhur uning: “Azar – mening chin do‘stim. Qayerga borsam uni olib ketaman”. Bu gapni qay ma’noda aytgan bilmadimu, biroq, hozirda voqelikka juda mos tushib turibdi.

Yana qiziq faktlardan aytadigan bo‘lsak, unga eng ko‘p gol urgan futbolchi Krishtianu Ronaldudir. 9 o‘yinda 10 gol. Krishdan qutulish uchun kelgandim, u ham ketib qoldi, deb kulib qo‘ygan. Ingliz, fransuz, golland va ispan tillarini yaxshi biladi. O‘z uslubini Edvin Van der Sarga o‘xshashligini aytadi. Doimo unga taqlid qilgan.

Ana shu posbon bugungi kunda Qirollik klubida faoliyat olib boryapti. Zidanning aytishicha, u eng yaxshi kiper. Oxirigacha ishonganining sababi ham shundan. 28 ga kirdi. Istiqboli yaxshi. Ko‘ramiz, fransiyalik murabbiy Navasni almashtirgani borasidagi fikrida haq bo‘lib chiqarmikan?!

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 10:51, 11.05.2020.
O'qildi: 3311 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.