Italiyaning "Milan" klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich Italiyaga qaytdi deya xabar bermoqda Expressen.
Eslatib o‘tamiz, A Seriyada yuzaga kelgan majburiy tanaffusdan so‘ng shvesiyalik hujumchi o‘z yurtiga qaytgandi va sport formasini ushlab turish uchun "Xammarbyu" klubi bilan mashg‘ulot o‘tkazib turgandi.
Endi 38 yoshli hujumchi "Milan" mashg‘ulotlariga qo‘shilish uchun, avval 14 kunlik karantinni "o‘tab" chiqishiga to‘g‘ri keladi.