Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Fergyusonning murabbiyi: Getji Habibga «stoyka»da umuman imkoniyat qoldirmaydi

Fergyusonning murabbiyi: Getji Habibga «stoyka»da umuman imkoniyat qoldirmaydi

Baho:
+ | -

Toni Fergyusonning murabbiyi Rashad Hollouey UFC yengil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedov va vaqtinchalik chempion Jastin Getji o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.

«Murakkab jang. Habib Konor Makgregorga qarshi jangda «stoyka»dagi (tik turgan holda jang olib borish) salohiyatini namoyish qila oldi. Biroq Jastin Getji zarba berish mahorati borasida boshqa darajadagi jangchi. Uning boksi yaxshi. Boksga e’tibor qaratadigan yakkakurashchilar tik turgan holatdagi jang olib borishda ajralib turadi.

Jastin boks texnikasiga ko‘p e’tibor qaratadi. Bu borada u Habibdan ancha yaxshi. Bu esa teykdaun (yiqitish) imkoniyatini keskin pasaytirib yuboradi. Biroq shu bilan bir qatorda Habib parterga olishda aql bovar qilmas ishlarni amalga oshiradi.

Tik turgan holatda Jastin uni yo‘q qiladi. Parterda esa Jastin Habibga xavf tug‘dira olmaydi, shu sabab men imkoniyatlarni 50 ga 50 baholayman», — deydi Hollouey.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:16, 14.05.2020.
O'qildi: 6305 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик