Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Betis” futbolchisi nishonda

 

Ispaniyaning “Betis” klubi hujumchisi Loren Moron “Tottenhem” va “Napoli” jamoalari nishonida turibdi.

“Estadio Deportivo” nashri bergan xabarlarga qaraganda, Moron “Napoli”dan ketishi kutilayotgan Dris Mertensning o‘rnini egallashi tahmin qilinmoqda.

“Betis” klubi hujumchisini sotishga qarshi emas, biroq uning transferi uchun 60 million yevro talab qiladi.

Eslatib o‘tamiz, qishki transfer oynasi chog‘ida Lorenni “Barselona” sotib olmoqchi bo‘lgan, biroq tavon puli balandligi bois hujumchidan voz kechgan edi.

Sulsher yangi fubolchi izlamoqda

 

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamasi ustozi Ole-Gennar Sulsher “Birmingem” jamoasi futbolchisi Jud Bellingemni klubga jalb etishni istamoqda.

“Evening Standart” nashri bergan xabarlarga qaraganda, 16 yoshli futbolchi uchun kurash bugungi kunda avjiga chiqqan. Ayni damda, “qizil iblislar” “Borussiya Dortmund” va “Chelsi”dan chaqqonroq chiqishlari talab etiladi.

Manba began ma’lumotga ko‘ra, murabbiyi yarim himoyachi kelajakda “qizil iblislar” yetakchisi bo‘lishiga shubha qilmayapti.

“Liverpul” “Barselona”ga qarshi

 

Angliyaning “Liverpul” jamoasi “Tottenhem”dan ketishi aniq bo‘lib ulgurgan Tangi Ndombele uchun kurashga qo‘shildi.

“TheIndependent” nashrining ma’lum qilishicha, 23 yoshli futbolchi uchn kurashda asosiy da’vogar “Barselona” bo‘lib turgan edi, biroq endi imkoniyatlar tenglashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Tangi uchun “Shporlar” o‘tgan mavsum startida 60 million yevro to‘lashgan edi. Yarim himoyachi APL uchrashuvlarining 19 tasida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol yozib qo‘ydi.

Artur qoladimi?

 

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Artur o‘zining “Yuventus”ga o‘tishi borasidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

Marca nashri bergan xabarlarga qaraganda, 23 yoshli braziliyalik futbolchi bu mavsum “Yuventus”ga o‘tmaydi. U shartnomasi so‘ngiga qadar “Barselona”da qolishni va birinchi imkon tug‘ilishi bilan shartnomani uzaytirishga tayyor ekanlgini rasman e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, Artur bu mavsumda “La Liga”ning 16 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lib, 3 ta gol va 3 ta assistga mualliflik qilgan.

“YuYEvtus”ga “Lester” futbolchisi kerak

 

“Turnning “Yuventus” jamoasi Angliyaning “Lester” klubi yarim himoyachisi Uilfred Ndidi bilan shartnoma imzloshga yaqin turibdi”,- deb xabar bermoqda “Daily Mail” nashri.

Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchinin yaqin do‘sti Daniyel Amokachi Ndidining “Yuventus”ga o‘tishi deyarli hal ekanligi haqida ma’lumot bergan.

Eslatib o‘tamiz, Ndidi bu mavsumda APLning 23 ta uchrashuvida maydonga tushgan va hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Parti “Arsenal”ga o‘tmoqchi

 

Madridning “Atletiko” jamoasi yarim himoyachisi Tomas Parti Londonga ko‘chib o‘tish maqsadida “matraschilar” bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortmoqda.

Marca nashri bergan xabarlarga qaraganda, Tomas PSJ tomonidan taklif qilingan katta maoshga ham e’tibor bermagancha “Arsenal” bilan muzokara o‘tkazishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Atletiko Madrid” o‘z yarim himoyachisini 50 million yevrodam kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Shunday bo‘lsada, korona-tanaffus sababli bu summa biroz pasayishi ham hech gap emas.

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:57, 14.05.2020.
O'qildi: 12705 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.