Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

«Atletiko» Alvaresga ultimatum qo‘ydi

«Atletiko» Alvaresga ultimatum qo‘ydi

Baho:
+ | -

«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares atrofidagi mish-mishlar va boshqa top-klublarning qiziqishi ortidan madridliklar keskin chora ko‘rishga qaror qilishdi. Radio MARCA jurnalisti Roberto Gomesning xabariga ko‘ra, klub futbolchiga ultimatum qo‘ygan.

«Matraschilar» futbolchining yaqinlariga quyidagi mazmundagi xabarni yetkazishgan:

«Agar sizda takliflar bo‘lsa, ularni hoziroq taqdim eting. 14 yoki 15 avgust yarim tungacha kutishning keragi yo‘q. Kelasiz va qayerga o‘tmoqchi ekanligingizni aytasiz».

«Atletiko» rahbariyati transfer oynasining so‘nggi kunlari yoki soatlarigacha davom etadigan «transfer ertagi»ni istamayapti va jamoa tarkibi bo‘yicha tezroq aniqlik kiritilishini xohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xulian Alvares 2024 yilda «Manchester Siti»dan 75 million yevro evaziga «Atletiko»ga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 20:55, 26.05.2026.
O'qildi: 3107 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик