Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Habib Nurmagomedovning otasida koronavirus aniqlandi

Habib Nurmagomedovning otasida koronavirus aniqlandi

Baho:
+ | -

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedovda koronavirus aniqlandi.

Baza Telegram kanalining xabar qilishicha, Nurmagomedovlarning kattasi shifokorlar tomonidan taqiqlanganiga qaramay jismoniy mashq bilan shug‘ullangan va shundan so‘ng o‘zini yomon his qilgan. Uning COVID-19 tahlili virusga ijobiy natija bergan.

Avvaliga Abdulmanap Nurmagomedovga pnevmoniya tashxisi qo‘yilgandi, murabbiy koronavirusga tahlil topshirishdan bosh tortgan. May oyida uning holati yomonlashgan va murabbiy Moskvaga olib kelingan. 13 may kuni Abdulmanap yurak bilan muammo sabab, koma holatiga tushib qolgani xabar qilindi. Ta’kidlanishicha, Nurmagomedov koma holatidan chiqqan.

Rossiyada 14 may holatiga koronavirus yuqtirib olgangan soni 252 ming nafardan oshdi. 53,5 ming kishi tuzalgan bo‘lsa, 2300 dan ortiq odam vafot etgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:46, 14.05.2020.
O'qildi: 6462 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик