Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Aka-uka de Burlar»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Aka-uka de Burlar»

Baho:
+ | -

Endi shu kuni tug‘ilgan kunini nishonlayotgan futbolchilarga to‘xtalib o‘tamiz. Ikki futbolchi bilan cheklanaman. Dastlabkisi aka-uka de Burlar. Niderlandiya futbolining yorqin vakillari – Frank va Ronald De Bur yaqin o‘tmishdan xabari borlar uchun tanish nomlar.

Ikki bir kunda tug‘ilgan, egizak. Ayaks maktabi tahsili ular uchun katta maktab bo‘lgan, albatta. Ronald oraliqda Tvente ham borib kelgan. Amsterdamliklar uni yana safga qaytarib, Barselonaga ketguncha pishirishgan. Ronald Kataloniyada ikki yil o‘ynadi – 1998dan 2000 yilgacha. Frank esa ko‘proq. Yana uch yil ziyodasi bilan. Keyingi yo‘nalishda ham Frankning manzillari yaxshiroq – Galatasaroy, Reynjers. Shotlandiyaga kelishida, albatta Ronaldning xizmati katta – egizidan oldinroq kelib, jamoaning lideriga aylanib ulgurgandi.

Aka-uka futbolchilar hayotiga qarasak, baribir qay biridir boshqasidan ustun bo‘ladi. Bu masalada Frank ustun. Ammo o‘rtadagi farq u qadar jiddiy emas. Niderlandiya terma jamoasida ham Frank ko‘proq o‘ynagandir, ammo boshqa egizaklar singari ikkinchisi chetga chiqib qolmagan – o‘n yillik faoliyat Ronaldni uyaltirib qo‘ymaydi.

Gollandiyada bir paytda aka-uka Kumanlar ham o‘ynashgan. Mana, ularning o‘rtasida farq sezilarli edi. Shu bois, de Bur deyilganda ko‘proq ism emas, ikki futbolchining faoliyati yodga kelishi bejizdan emas.

Murabbiylik sohasida ham qiziq tomoni kuchliroq o‘ynagan yigitning ishlari yaxshi – Frank Ayaksda uzoq yil ishladi, Interga chorlashdi, Kristal Pelas va Atlanta Yunayted. Ronald Qatarga borib joylashgan, avval olimpiyachilarda bosh murabbiy yordamchisi bo‘ldi, so‘ng 23 yoshlilarda, keyinroq umuman bu sohani yig‘ishtirib qo‘ya qoldi. Maydondagi muvaffaqiyatlarini egizagiga topshirib ketdi.

————
Usmon Dembele ham shu kuni tug‘ilgan. 1997 yili Fransiyaning shimolida joylashgan Vernon shaharchasida. Dembelening bolaligi biroz og‘ir o‘tgan bo‘lsa-da, futbol borasida ota-onasi uning ixtiyoriga berib qo‘yishgan, natijada Usmon o‘spirinlik paytidanoq haqiqiy iste’dod ekanini isbotlay oldi. Mayli, Barselonagacha bosib o‘tilgan yo‘llar qiziqdir, ammo uning bugungi holati havas qilguli emas. Koutinyo ikkisining sobiq jamoasidan Barsaga ketish uchun oyoq tirab turib olishi faoliyatga-da ta’sir o‘tkazdi. Hozirda hech kim Usmon Dembelening ajoyib fintlarini, yoshligidayoq bir o‘yinda tinimsiz gollar urishini, muhimi ikki oyoqda bir xil o‘ynashini eslamaydi. Hamma qahramonimizni jarohatga moyil yulduz sifatida tanib ulgurdi. Barselonadagi o‘ynagan o‘yinlaridan o‘tkazib yuborgan o‘yinlari ikki barobar kamroq.

Ko‘p ehtimol Neymarning o‘rniga kelgani, braziliyalikning o‘rnini bosish kerakligi haqidagi tasavvur Dembeleni sindirib qo‘ygandir. Vaholanki, Kataloniyaga kelishidan oldin Usmon xrustal o‘yinchi emasdi.

Men bu yigitning faoliyatidan qanday xulosaga kelaman, aytaymi? Inson o‘z darajasini faxmlashi kerak yoki hech bo‘lmasa ketayotgan joyini rozi qilib ketishi kerak. Usmon Dembele va Koutinyo misolida, bugungi Eden Azar misolida shuni tushunib yetyapmizki, bu istalgan futbolchiga ortiqcha yuk yuklaydi va u yuk ko‘pincha nozik did egalarining ustini bosib qoladi. 23 yoshli Dembelening safga tezroq qaytishini va qobiliyati darajasidagi o‘yinlar ko‘rsatishini tilagan holda, u haqdagi tahlilni to‘xtataman.

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 09:13, 15.05.2020.
O'qildi: 3850 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.