Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

«Toshkent yo‘lbarsi» deya nom qozongan boks afsonasi haqida

«Toshkent yo‘lbarsi» deya nom qozongan boks afsonasi haqida

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Boksdagi faoliyati orqali butun dunyoda “Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan dong taratgan afsonaviy bokschi Rufat Risqiyev 1949 yil 2 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on shahrida tavallud topgan.

Rufat Risqiyev 14 yoshidan boshlab boks bilan jiddiy ravishda shug‘ullana boshlagan. U o‘zbek bokschilari orasida xalqaro maydonlarda sovrindor bo‘lgan dastlabki bokschi sifatida tarixga muhrlangan.

Rufat Risqiyev o‘z karyerasi davomida u 189 ta jang o‘tkazib, shundan 174 tasini g‘alaba bilan yakunlagan. Ilk bor 1972 yilda 75 kilogrammgacha vazn toifasida Sobiq ittifoq chempionligini qo‘lga kiritgan. O‘zbek boksi afsonasi 1974-76 yillarda qatorasiga uch bor yana mamlakatda tengsiz ekanligini isbotlagan.

U 1974 yilda Gavanada o‘tkazilgan boks bo‘yicha ilk jahon chempionatida barcha raqiblarini tiz cho‘ktirib, oltin medalni qo‘lga kiritadi. Qayd etish lozim, AIBA 1974 yildan e’tiboran havaskorlar o‘rtasida jahon chempionati tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qilgan va Rufat Risqiyev dastlabki chempionlardan biri sifatida tarixga kirgan. U paytlarda boks bo‘yicha jahon chempionati xuddi Olimpiya o‘yinlari singari har to‘rt yilda bir marta o‘tkazilar edi.

Rufat Risqiyev 1976 yilda Monreal shahri mezbonlik qilgan to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi sanalmish Olimpiya o‘yinlarida finalgacha yetib borib, musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘lgan. Ushbu Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng 27 yoshli Rufat Risqiyev faoliyati davomida orttirgan jarohatlari sabab katta sportni tark etishga qaror qiladi.

Rufat Risqiyev sobiq Ittifoq boks federasiyasi tomonidan “Eng yaxshi bokschi” unvoni bilan taqdirlangan. Ma’lumot uchun, ushbu mukofot 1948 yilda Rossiyada boksning 50 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan bo‘lib, unvonga o‘z davrining yengilmas bokschilari sazovor bo‘lishgan.

Sportdagi faoliyatidan so‘ng Rufat Risqiyev o‘z hayotiga bag‘ishlab ishlangan “Ringga chorlamoqda...” filmida suratga tushgan.

1997 yilda Rufat Risqiyev WBAning hakamlar bo‘limiga a’zo bo‘ldi va Markaziy Osiyoda professional boks bo‘yicha xalqaro toifadagi birinchi hakamga aylandi.

Rufat Risqiyev 1977 yilda Ma’muraxon Risqiyeva bilan turmush quradi. Ushbu nikohdan ikki o‘g‘il va bir qiz dunyoga kelgan. Hozirda 7 nabirani tarbiyalab, voyaga yetkazmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 20:58, 15.05.2020.
O'qildi: 4376 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.