"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan mavsum tiklaganidan keyin birinchi o‘yinda gol urdi.
Shunday qilib, 31 yoshli futbolchi uchun ushbu gol joriy mavsumdagi barcha musobaqalarda urilgan 40-gol bo‘ldi. Robert oldingi to‘rt mavsumda ham kamida 40 ta gol urgan.
Hujumchi ushbu mavsumda jami 34 ta o‘yinda qatnashib, 40 ta gol va 5 ta assistni qayd etdi.