Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Florentino Peres qaror qabul qildi

Florentino Peres qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres bosh murabbiy Alvaro Arbeloaning kelajagi borasida bir qarorga keldi. Klub rahbari mavsum yakunlangach, murabbiyni iste’foga chiqarish niyatida, deb xabar bermoqda jurnalist Xorxe Pikon.

Shu bilan birga, direktorlar kengashining ayrim a’zolari murabbiy jamoada qolishi va o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat olishi kerak, deb hisoblamoqda. Fikrlar turlicha bo‘lishiga qaramay, Peres o‘z qarorida qat’iy — u yozda jamoaga yangi murabbiy olib kelmoqchi.

Alvaro Arbeloa «qaymoqranglilar» boshqaruvini yanvar oyi o‘rtalarida Xabi Alonso o‘rnini egallagan holda qo‘lga olgan edi. Uning boshqaruvida jamoa Ispaniya Kubogi va Chempionlar ligasini mos ravishda 1/8 va 1/4 final bosqichlarida tark etdi. La Ligada esa chempionlik uchun imkoniyatlar juda past — mavsum yakuniga 7 ta tur qolganda «Barselona» bilan oradagi farq 9 ochkoni tashkil etmoqda.

Kiritildi: 13:27, 24.04.2026.
O'qildi: 7879 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик