Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Jon Terri : “Kosta qo‘rqoq, lekin…”

Jon Terri : “Kosta qo‘rqoq, lekin…”

Baho:
+ | -

Londonning “Chelsi” jamoasi sobiq sardori -Jon Terri klub rasmiy sayti uchun bergan intervyusida Diyego Kosta bilan bog‘liq qiziqarli voqeani yodga olib o‘tdi.

“Bunga ishonish qiyin, biroq Diyego juda qo‘rqon inson. Barcha muxlislar uning maydondagi qiliqlari sababli uni botir shaxs deb tasavvur qilishlari mumkin, biroq aslida unday emas. Kosta barcha-barcha narsadan xavfsirayveradiganlar toifasidan. Misol uchun, klub futbolchilarni umumiy emlagan paytlarida, u doim yo‘q bo‘p qolar edi. Keyin uni shifoxonaning bir burchagidan topib chiqar edik. Bechora, bir marotaba qo‘rqqanidan doktorning barmog‘ini tishlab olgan edi.

To‘g‘risi, u men ko‘rgan futbolchilar ichida eng yuragi yo‘qlardan. Diyegodoimo hozir nimadir sodir bo‘lshini sezgandek xavfsirab yuradi.

Yodimda bor, u ilk bor kartochkasidagi pulni yechib olish uchun bankomatning oldiga borgan edi. Biz uni yaxshilab qo‘rqitib qo‘yish maqsadida oldindan tayyorlab qo‘yilgan qopni uning boshiga kiygazdik. Tog‘risi, kulgudan o‘zimizni zo‘rg‘a tiyib turdik. U yosh bolalardek baqirar, nuqul puli juda oz ekanligini va bu pullarga dori sotib olmoqchi ekanligini aytib yalinishga tushib ketdi. Bir tasavvur qilib ko‘ring! Kostaning boshida qop, uning tizzalari qaltiramoqda. Biz kulgudan o‘zimizni tiya olmay qoldik. Shunda u biz ekanligimizni payqab qoldi va so‘kinishga tushib ketdi. Tan olish lozim, Diyego bizdan qattiq xafa bo‘lganini yashirib o‘tirmadi. Hatto 10 kungacha mashg‘ulotlarda ham biz bilan gaplashmay qo‘ydi. Biroz vaqt o‘tgach barchasi iziga tushib ketdi, biroq Kosta klubdagi yigitlar uchun kulgu mavzusiga aylandi. Bechora, har safar shu mavzu ochilsa, jaxl otiga minar, nuqul allanimalar degancha g‘azabini sochar edi.

To‘g‘ri, Diyego qo‘rqon inson bo‘lishi mumkin, biroq u maydonga chiqishi bilan chinakam jangchiga aylanadi. U o‘z jamoasining g‘alabasi uchun hech narsadan tap-tortmay harakatqilishni boshlaydi. U g‘alaba uchun raqiblar bilan urishishi, to‘qnashib ketishi, ruhiy bosim o‘tkazishi mumkin, lekin hech qachon qo‘rqmaydi. U maydonda chinakam erkak edi! Biz uni aynan shu xislati uchun hali-hamon hurmat qilamiz.

Manba: FC Chelsea
Kiritildi: 23:13, 17.05.2020.
O'qildi: 4615 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик