Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

O‘zbek bokschisi ingliz nashri nigohida: Murodjon Ahmadaliyevning chempionlik sari yo‘li

O‘zbek bokschisi ingliz nashri nigohida: Murodjon Ahmadaliyevning chempionlik sari yo‘li

Baho:
+ | -

Ingliz nashri - badlefthook.com sayti O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, professional boksda ikki yo‘nalish chempioni Murodjon Ahmadaliyev haqida katta maqola tayyorladi.

E’tiboringizga mazkur maqolani o‘zbek tiliga tarjima qilgan holda taqdim etmoqchimiz.

Ikkita singan oyoq, boksning sirli uchullari va Murodjon Ahmadaliyevning chempionlik yo‘li haqida

"Menga endi xech qachon yura olmasligimni, endi boks tusha olmasligimni aytishgandi", - deydi Murodjon Ahmadaliyev tarjimoni Alik Frolov orqali. "MJ" bolaligi, qiyinchiliklar haqida gapirayotganida uning ovozidan his-hayajon sezilib turardi.

O‘tgan yilning aprel oyida DAZN va Matchroom Boxing bilan shartnoma imzolanganidan so‘ng bokschining faoliyatida portlash yuzaga keldi. Joyel Dias qo‘l ostidagi 25 yoshli sportchi professional boksdagi sakkizta jangdayoq ikkita chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Janglarning so‘ngida u yanvar oyida Daniyel Romanni mag‘lub etdi.

Ushbu muvaffaqiyatlar o‘z-o‘zidan bo‘lib qolgani yo‘q. Murodjon bungacha qattiq mehnat qildi.

9 yoshida u "uy bolasi" sifatida otasiga, oilasiga yordamlashardi. Ota-ona, ikkita opasi bilan O‘zbekistonning Namangan viloyatida yashaydigan Murodjnning maqsadlari yuqori edi.

"Bizda deyarli xech narsa yo‘q edi", - deydi Kaka. "Kaka" - uning laqabi. Murodjon yoshligida futbolni, jumladan braziliyalik pleymeykerning o‘yinlarini yaxshi ko‘rardi va uning futbolkasini kiyib yurardi.

"Men qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishga tayyor edim. Vaqtida yozda parkda ishlaganman. U yerga tashrif buyuruvchilar suratga tushishardi. Mening ishim kim surat olsa, ularni tezda ishlab, egalariga topshirishdan iborat edi. Parkda menga raqobatchilar ham bor edi, shuning uchun mendan bu ishni qilishda tezkorlik talab etilardi.

Murodjon suratlarni tayyorlash uchun uch mil (4 kilometrdan ortiqroq - izoh bizniki) yugurardi, qaytishda yana shuncha masofani bosib o‘tardi. Raqobatchilarda alternativ transport vositasi bo‘lsada, u tezroq harakat qilardi.

"Xodimlar meni yaxshi ko‘rishardi, shuning uchun har yozda parkdagi eng yaxshi ishlardan birini berishardi", - deydi Murodjon.

Maosh kuniga deyarli ikki dollarni tashkil etar, Murodjon esa yangi krossovka sotib olish uchun bir hafta davomida pullarni yig‘ib borardi.

Bu vaqtda sportchi futbolni sevardi. Lekin, uning yaqin do‘sti boksga qatnashni boshlaganidan so‘ng "MJ" ham u bilan birga yangi sport turiga mehr qo‘ya boshladi. Kichkina, ozg‘in, yetarli vazn toifasiga ega bo‘lmagan Murodjon musobaqalarda qatnashishi uchun 11 yoshga to‘lishi kerak edi. Ana shundan so‘ng u rasman turnirlarda qatnashish imkoniga ega bo‘lardi.

Kunlardan bir kuni yo‘lda Murodjonni mashina urib ketadi va qahramonimizning oyog‘i sinadi.

"Menejerning jahli chiqdi. U tez yordam chaqirdi va meni kasalxonaga olib borishdi. Men ishimni yo‘qota olmasdim. U yerga borganimda shifokorlar jarohatimni gapirib berishdi va tuzalib ketishim uchun sakkiz oy kerakligini aytishdi.

Men o‘sha payt ilojsiz edim, lekin yana boksga, eng asosiysi ishimga qayta olishimga ishonardim", - deydi u.

Oradan sakkiz oy o‘tdi va oila a’zolar hamda shifokorlarning aytishiga qaramay, Murodjon boks zaliga qaytdi.

"Men kechki payt soat 5 gacha ishlab, sekin boks zaliga ketardim. Oyim ishga ketayotganimda menga non va choy berib yuborardilar. Men esa ularni mashg‘ulotlarga ham kuchim yetishi uchun ishdan so‘ng yerdim. Uyga soat 7 da kirib borardim. Bunday holat yarim yil, ya’ni uydagilar bundan xabardor bo‘lib qolishgunicha davom etdi. Bundan ularning jahli chiqdi. Lekin boks zalidagi murabbiyim bilan gaplashganidan so‘ng, ular menda iste’dod borligini tushunib yetishdi.

Men jarohatlardan qutuldim. Ammo, ikki yildan so‘ng oyoq harakatlaridagi muammoga duch keldim. Men bunday holatda raqibimdan tezkorroq harakat qila olmasligimni tushunib yetdim, shuning uchun zarbalarga chap berib qolish evaziga ustunlik qilish mumkinligini o‘rgandim. O‘ylaymanki, bu menga professional sifatida yordam berdi".

Jarohat bir necha yildan so‘ng yana Ahmadaliyevga halal bera boshladi. Unga 15 yoshida ikkinchi marotaba boksni tashlash maslahati berildi. Lekin u tibbiyot hodimlarining gaplariga e’tibor bermasdi.

"Bunday omadsizliklar menga yordam berdi. Men doim kichkina va kuchsiz bo‘lganim uchun, menda imkoniyat berilavermasdi. Lekin men taslim bo‘lmasdim va o‘zimga to‘liq ishonardim.

Singan burun, singan umurtqa va singan musht Ahmadaliyevning porlab chiqishi uchun tayanch bo‘ldi. Uni xech qanday og‘riq to‘xtatib qola olmasdi.

Tez orada Murodjon havaskor boksda muvaffaqiyatlarga erisha boshladi: u 2012 yili yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida kumush medal qo‘lga kiritdi, keyin esa kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining kumush medali, Rio Olimpiadasining bronzasi... O‘zbek sportchilarning yangi avlodi bo‘lgan Ahmadaliyev muvaffaqiyatni jamoadagi birdamlik bilan bog‘laydi.

"Barchasi orginallardan boshlangandi", - deydi u O‘zbekiston bokschilari haqida gapirar ekan. "Ular havaskor boksdagi muvaffaqiyatlardan so‘ng O‘zbekistonda mashhurlikka erishishdi. Abbos Atoyev, Rustam Saidov, Elshod Rasulov va boshqalar. Men ularga intilardim.

Bizda shuningdek Sobiq Ittifoq maktabini ko‘rgan yuqori saviyadagi murabbiylar bor edi".

U shuningdek terma jamoadagi do‘stlarini ham hurmat qilishini ta’kidladi. "Biz juda yaxshi do‘stlar edik. Bu juda muhim. Isroil Madrimov va Bahodir Jalolov. Jamoada bizni muvaffaqiyat sari yetaklayotgan sog‘lom raqobat bor edi.

"MJ" professional boksga tezda moslashdi. Sakkizta jangdayoq ikkita chempionlik kamarini qo‘lga kiritib, Leon Spinksni rekordini takrorlash ajoyib natija bo‘ldi. Ammo, bu tarix endi boshlanayotganini ko‘rsatadi.

"Eng yaxshilari men uchun hali oldinda. Menga DAZN va Matchroom Boxing tomonidan ishonch bildirildi va men ham ularga ishonaman".

Chempion IBF yo‘nalishidagi da’vogar Riosuke Ivasa bilan jang qilishi kerak. Ammo, u WBO yo‘nalishi chempioni Emmanuel Navarrete bilan ham to‘qnash kelish istagida.

"Bu ajoyib bo‘lardi, chunki bizning uslublarimiz o‘xshash. Biz bunga yetib kelmoqdamiz. Men Roman ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng katta tajriba to‘pladim va mehnat qilishda davom etyapman".

Hozircha 126 yoki 130 funt divizioniga ko‘tarilish haqida gap-so‘zlar yo‘q. Lekin, Ahmadaliyev o‘z kumiri Menni Pakyao yo‘lidan borishga ahd qilgan.

"Avvaliga 122 funtda mutloq chempion bo‘lmoqchiman. Keyin ko‘ramiz. Men hozir ushbu vaznda o‘zimni yaxshi his qilyapman. Kelajakda balki boshqa vaznga o‘tarman.

Hozir menga ishonmaganlarga qarab, "Men senga aytgandimku!" deyman", - deydi Ahmadaliyev g‘urur bilan.

Yakunda esa shunday deb qo‘shimcha qiladi:

"Men ko‘p gapirishni yoqtirmayman. Oldinda turgan yillar davomida kim eng zo‘ri ekanligini ring ko‘rsatadi".

Aziz To‘xtamurodov tarjimasi.

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 03:44, 18.05.2020.
O'qildi: 6095 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.