Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Xayrulla Hamidov maqolasi: 16 maydagi finallar

Xayrulla Hamidov maqolasi: 16 maydagi finallar

Baho:
+ | -

18 may bizga Rikardu Karvalyuning tavalludi va ikki ajoyib final bilan yodda qolgan. Karvalyuning ijodi u qadar qiziq bo‘lmagani uchun o‘yinlarga to‘xtalamiz. Rikardu xafa bo‘lmasa ham kerak, zotan uning yurtiga – Portugaliyaga yo‘l olamiz. Karvalyu Portu klubi tarbiyalanuvchisi hisoblansa-da, Yevropa janubida Ronalduni tarbiyalagan yana bir klub borki, uning o‘tmishida esda qolarli bir o‘yin o‘tkazilgan.

2005 yili UYEFA kubogi finali Lissabondagi Joze Alvalade o‘yingohida o‘tkazilgan va unda Portugaliyanning Sportingi mezbon tariqasida Rossiyaning SSKA klubini qabul qilgandi. Uyida o‘tadigan finalni tomoshabin tariqasida o‘tkazib yubormaslik uchun o‘sha yilgi Sporting zo‘r natijalar qayd etgan. Krishtianu Ronaldu davrida yenggan Portugaliya superkubogiga UYEFA kubogini qo‘shib qo‘yish uchun yaxshi imkoniyat edi. Biroq, raqib ham anoyilardan emasdi – SSKA Moskva!

Zenitning muvaffafiyatidan oldin rus harbiylari matonatli o‘yin ko‘rsatishgani yodimizda. Garchi bu o‘yinda Sporting yaqqol favorit sifatida ko‘rilgan bo‘lsa-da. To‘g‘ri, maydon Portugaliyada ekani, ikkinchidan bu klub oldin ushbu nufuzli turnirni yengganligi, SSKA vakillarida bu imkoniyat endi bo‘layotgani ko‘p masalada maydon egalarining ustunligini ko‘rsatardi. Biroq, harbiylarga bu masalada Sportingning azaliy raqibi – Lissabonning boshqa bir klubi Benfika muxlislari yordam berib yuborishdi. Ular stadionga SSKAni olqishlash uchun oqib kelishdi.

Shu holat tufayli ham mezbon maqomi tarozining pallasini bosa olmay qoldi. Ruslar bu o‘yinni eslar ekanlar, xuddi uyda o‘ynayotgandek harakat qilishganini aytishadi. Natijada, hisob ham shunga yarasha – 1:3. Rojerioning goliga Berezuskiy, Jirkov va Vagner javob berib, kubokni Rossiyaga olib ketishdi. Superkubokda moskvalik harbiylar Liverpul klubiga shu hisobda yengilgan bo‘lsalar-da, bu oqshom ularning quvonchi cheksiz edi. Benfika muxlislariga shon-sharaflar bo‘lsin, deb Moskvaga g‘olib sifatida qaytishardi.

———
18 mayga belgilangan ikkinchi o‘yin ham UYEFA kubogi finali. 2016 yilgi nomi o‘zgargan –Evropa ligasi g‘olibi aniqlangan kecha. Bazeldagi Sankt Yakob Park o‘yingohida tarixiy voqea sodir bo‘ldi: Ispaniyaning Sevilyasi qatorasiga uchinchi marta ushbu turnir chempioniga aylandi. Undan oldin ham ikki bor yengganini hisobga olsak, sevilyaliklarning natijasi hayratlanarli edi. Raqib bo‘lmish Liverpul shu kuni birinchi bo‘limni zo‘r o‘tkazgan, tanaffusdan so‘ng butkul boshqa holda chiqqani bilan yodimizda. Oqibatda 3ta gol va 2016 yil butkul Ispaniya futboliniki bo‘lgani haqidagi e’lon – chunki bu bahsdan so‘ng Madridning ikki klubi YECHL g‘olibini aniqlashi lozim edi. Turgan gapki, chempionlar faqat bir mamlakatdan.

Xayrulla Hamidov

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 09:01, 18.05.2020.
O'qildi: 3225 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.