Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Habib Nurmagomedov vatandoshlariga murojaat yo‘lladi

Habib Nurmagomedov vatandoshlariga murojaat yo‘lladi

Baho:
+ | -

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov koronavirus sabab yuzaga kelgan og‘ir vaziyat sabab Dog‘iston xalqiga murojaat qildi.

«Koronavirus tufayli yuzaga kelgan vaziyat sabab Dog‘iston xalqiga murojaat bilan chiqmoqchiman. Dog‘istondagi holat juda og‘ir, o‘ta achinarli. Shifoxonalar to‘lgan, ko‘plab odamlar kasallangan, juda ko‘plab qurbonlar bo‘ldi. Aynan hozir birlashadigan vaqtimiz keldi. Xarakter va tartib intizomni namoyish qilish vaqti keldi. Faqat birlashgan holda bu virusni yengish mumkin.

Shifokorlar va ularning talablariga quloq solishimiz kerak. Chunki ular vaziyatni yaxshiroq tushunadi. Ular kasal bo‘lishimizni xohlamaydi, shifoxonalar to‘lib ketishini istamaydi. Shundoq ham u yerda joy yetmayapti, tibbiy jihoz va dori-darmonlar yetishmayapti. Nafaqat Dog‘iston yoki Rossiya, butun dunyo bunga tayyor emas edi. Milliardlab odam uyda o‘tirishga majbur bo‘lishi 3-4 oy avval kimning ham xayoliga kelibdi deysiz. Faqat izolyasiya bu muammoni yecha oladi.

Bu kasallikni yengib o‘tgan o‘nlab mamlakatlar bor. Ular faqat birlashgan holda va shifokorlar gapiga quloq solgan solib, uni yengib o‘tdi. Bu endi boshlangan vaqtda Dog‘istondagi ko‘pchilik shifokorlarning gapiga ishonmadi. Bundan kimlardir manfaatdorligini aytishdi, bilmadim bu vaziyatdan kimlar manfaatdor bo‘lishi mumkin? Hamma kasallanyapti, farroshmisan yoki prezident, farq yo‘q, bu barchaga yuqmoqda. Bu virus ismingni yoki kasbingni so‘rab o‘tirmaydi, u faqat boy yoki faqat kambag‘al tomon bormaydi, hamma kasallandi.

Bir necha kundan so‘ng Ramazon hayiti bayrami bo‘lib o‘tadi. Iltimos, o‘sha kuni yaqinlaringizni yoniga bormang va kelganlarni qabul qilmang. Hayit namozini uyda ado eting.

Juda og‘ir vaziyat. Yaqin qarindoshlarimning 20 nafardan ortig‘i reanimasiyaga tushdi. Ularning ko‘pchiligi endi yo‘q, juda ko‘plab tanishlarim, yaqin do‘stlarimning ota-onalari vafot etdi. Biz yoshlarda immunitet bor, biroq keksalar buni juda og‘ir o‘tkazmoqda. Ota-onalarimiz, bobo-buvilarimiz haqida o‘ylang.

Yana bir bor yaqinlashib kelayotgan muqaddas ayyom bilan barchani tabrikmayman. Bu bayramni yil davomida kutamiz, biroq hozir o‘z hayotimizni saqlab qolishimiz muhim.

Shifokorlar talabini bajaring, Hayit namozini va bayramini uyda o‘tkazishni talab qilayotgan insonlar gapiga quloq soling. Keling dovyuraklik, xarakter, sabr va tartib intizomni namoyish qilamiz. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh», — deydi Nurmagomedov.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Dog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 3460 nafarni tashkil qilmoqda. 1800 dan ortiq kishi tuzalgan bo‘lsa, 29 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:47, 19.05.2020.
O'qildi: 5893 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.