Kirish Ro'yxatdan o'tish

Agent: «Peres Neymarni «Real»ga olib o‘tishni orzu qilgan»

Agent: «Peres Neymarni «Real»ga olib o‘tishni orzu qilgan»

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Neymarning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Vagner Ribeyro «Real» prezidenti Florentino Peres braziliyalik futbolchini Madridga olib o‘tishga harakat qilganini aytib o‘tdi.

«O‘ylashimcha, Neymar «PSJ»da qoladi, chunki bozor o‘zgarib ketdi. Florentino Peres Neymarga qiziqqani uchun men bir necha marta Madridga uchib borganman. O‘tgan yilning may oyida uning kabinetida suhbatlashgandik. O‘shanda u menga Neymarni sotib olishni orzu qilganini aytgan edi», — dedi agent Goal nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchining «PSJ» bilan shartnomasi 2022 yilda yakunlanadi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 20:05, 19.05.2020.
O'qildi: 5165 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик