Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi: «Ikki marotaba o‘z jonimga qasd qilmoqchi bo‘lganman»

Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi: «Ikki marotaba o‘z jonimga qasd qilmoqchi bo‘lganman»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachis Li Xendri qiyin voqea haqida so‘zlab berdi.

Angliyalik sobiq futbolchi Li Xendri futbolchilik faoliyatining eng yaxshi davrlarini «Aston Villa» klubida o‘tkazgan. U bu klub tarkibida 1994 yildan 2007 yilgacha to‘p surgan. Haftasida 30 ming funt sterling ishlab topadigan futbolchi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, barcha tejashini yo‘qotdi. Futbolchi ikki marotaba o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganini so‘zlab berdi.

«Men chuqur tushkunlikka tushib qoldim. Men butunlay bankrot bo‘ldim. Mening uyimni tortib olishdi. Ular mening onamni uyini tortib olishdi, bu meni barbod qildi.

Bu menga qattiq ta’sir ko‘rsatdi va o‘z jonimga qasd qilishga harakat qilganman. Uyg‘onganimda maxsus nafas beruvchi uskunalar taqilgan holda kasalxonada yotardim. Shundan so‘ng ham, men o‘z jonimga yana yana qasd qilishga harakat qilganman.

Hozirgacha har kuni kurashaman va antipressantlarni qabul qilaman.

Bir kuni dorixonaga bordim va bir dona tabletka oldim. Barcha tabletkani birdaniga ichib yubordim. Ha, bu juda xudbinlik edi, chunki mening besh nafar farzandim bor, lekin men barchani tushkunlikka tushirib qo‘yganimni his qilaman», – dedi futbolchi.

Xendri Angliya terma jamoasida ham to‘p surgan. Milliy terma jamoada bitta o‘yin o‘tkazgan va yoshlar terma jamoalarida muntazam ravishda o‘ynab kelgan.

Kiritildi: 13:39, 20.05.2020.
O'qildi: 5304 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.