Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

XOQ prezidenti: Tokio Olimpiadasini muxlislarsiz o‘tkazishni xohlamaymiz

XOQ prezidenti: Tokio Olimpiadasini muxlislarsiz o‘tkazishni xohlamaymiz

Baho:
+ | -

XOQ va Tokio—2020 ijroqo‘mi mart oyida Olimpiada koronavirus sabab 2021 yilga qoldirilganini ma’lum qilgandi. Ijroqo‘m vakili Yoshiro Mori koronavirus bilan bog‘liq vaziyat kelasi yilda ham nazoratga olinmay qolsa, Olimpiya o‘yinlari bekor qilinishini ma’lum qilgandi. Avvalroq Bax Olimpiadani 2021 yilning yozida o‘tkazish «so‘nggi variant» ekanini aytgandi.

«Ochig‘ini aytsam, buni tushunib turibman, chunki har safar ijroqo‘mga 3 yoki 5 ming kishini ishga yollab bo‘lmaydi. Har yili barcha sport taqvimini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Sportchilarda noaniqlik bo‘lishi kerak emas. Shu sabab yaponiyalik sheriklarimizning mazkur g‘oyasini tushunaman.

Olimpiadani tashkil qilish yo‘lida duch keladigan turli ssenariylarga tayyor bo‘limiz kerak. Bu sog‘liqni saqlash choralari bilan bog‘liq. Sportchilar va Olimpiadaning qolgan ishtirokchilarini karantinga olishga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin», — deydi Bax.

Shuningdek, XOQ rahbari Tokio Olimpiadasini tomoshabinlarsiz o‘tkazib bo‘lmasligini ta’kidladi.

«O‘yinlar tomoshabinlarsiz o‘tishini xohlamaymiz. Sababi Olimpiya ruhiyati ishqibozlar birdamligidan iborat. Butun dunyo muxlislari Olimpiya stadioniga jam bo‘ladi. Aynan shu Olimpiadani mukammal qiladi», — deydi funksioner.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:13, 21.05.2020.
O'qildi: 2187 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.