Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

 Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Tottenhem” yangi futbolchilar izlamoqda

Londonning “Tottenhem” jamoasi yozda klubni tark etishi kutilayotgan Yan Vertongenning o‘rnini to‘ldirish uchun futbolchi izlashni boshlab yubordi.

AS nashri bergan xabarlarga qaraganda, “shporlar” transfer shortlistidan “Monako”ning 18 yoshli himoyachisi – Gilermo Maripana turibdi. Hozircha, tomonlar o‘zaro muzokaralarni boshlaganicha yo‘q, biroq futbolchining agenti mijozi yozda klubini almashtirishi mumkinligini rasman e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, Maripana uchun “Monako” 50 million yevro talab qilmoqchi. Fransiya klubi himoyachini o‘tgan mavsumda “Alaves”dan 18 million evaziga sotib olgan edi.

Pyanich ketadimi?

 

Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi – Miralem Pyanich yozda faqat bir shart bilan klubini o‘zgaritishi mumkin.

“Mundo Deportivo” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, bosniyalik futbolchi faqat “Barselona”ga o‘tsagina jamoadan ketadi. Aks xolda, u kontrakti yakunlanmasdan oldin jamoasini o‘zgartirmoqchi emas.

Manbaning ma’lum qilishicha, Pyanich allaqachon “Barselona” bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan va faqat uning transfer summasi hal etilsa bo‘lgani.

Ronaldu uni jamoasida ko‘rmqochi

“Yuventus” klubi hujumchisi Krishtiyanu Ronaldu “Fiorentina” hujumchisi Federiko Kyezani o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda.

“Calciomercato” nashri bergan xabarlarga qaraganda, portugaliyalik futbolchi klub rahbariyatidan uning transferini amalga oshirishni iltimos qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, “Fiorentina” o‘z futbolchisini 50 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Shuningdek uning hizmatlari bilan “Inter” ham qiziqib qolgan.

Osimxen Italiyada?!

 

Fransiyaning “Lill” jamoasi hujumchisi Viktor Osimxen kelasi mavsumni “A Seriya”da boshlashi mumkin.

“Sportitalia” nashrining ma’lum qilishicha, 21 yoshli nigeriyalik futbolchini “Napoli” o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Neapol jamoasi yozda klubni tark etishga yaqin turgan Arkadiush Milikning o‘rnini aynan Osemxen bilan to‘ldirishni reja qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hujumchining hizmatlari bilan “Bavariya”, “Manchester Yunayted” singari boshqa grandlar ham qiziqib qolgan.

“Arsenal” “Milan” futobolchisiga ko‘z tikdi

 

“Kononirlar” yozda “Milan” tayanch yarim himoyachisi Frank Kessi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Bu “Milan” jamoasi rasmiy sayti xabar bermoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, London klubi yozda Torreyrani sotib yuborish orqali markazdagi joyni Frankka bo‘shatib berishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Milan” o‘z futbolchisini 20 million yevro evaziga sotib yuborishga tayyor ekanligini rasman e’lon qildi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:05, 22.05.2020.
O'qildi: 11206 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.