Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

Romelu Lukaku: «Villash-Boashni hech qachon kechirmayman»

Romelu Lukaku: «Villash-Boashni hech qachon kechirmayman»

Baho:
+ | -

«Inter» hujumchisi Romelu Lukaku «Chelsi»dagi sobiq bosh murabbiyi Andre Villash-Boash bilan munosabati haqida gapirdi.

«Chelsi» bilan Chempionlar Ligasida g‘olib chiqish — orzularimdan biri edi. Sen har doim shunga o‘xshash yutuqlarni jamoa bilan nishonlashni xohlaysan. Bunaqasi 19 yoshda bo‘lsa, undan ham yaxshi. «Chelsi» uchun xursandman, biroq mendan ko‘p narsani tortib olgan bir odam bor — «Chelsi» o‘sha vaqtdagi ustozi Villash-Boash. Uni hech qachon kechirmayman.

Uning davrida bir chap qanot, bir o‘ng qanot hujumida o‘ynardim. Bu tariqa rivojlanib bo‘lmaydi. Qaysidir paytda o‘zimni o‘yladim, shu sabab vaziyat haqida klubni ogohlantirdim.

Bilaman, Villash-Boash ham bosim ostida edi. Biroq aynan mana shuning uchun u men bilan bunday munosabatda bo‘lmasligi kerak edi. Di Matteo menga butkul boshqacha yondashdi. Bu ancha avvalroq sodir bo‘lishi kerak edi. To‘g‘ri, men avvalgi murabbiyni hali ham kechirganim yo‘q», — deydi Lukaku.

2011 yilning yozida Villash-Boash «Chelsi» bosh murabbiyiga aylanadi. Portugaliyalik mutaxassis Lukakuni Chempionlar Ligasi qaydnomasiga kiritmaydi. Omadsiz mavsumdan so‘ng Andre 2012 yilning martida iste’foga chiqariladi. Uning o‘rnini Roberto di Matteo egallaydi va mavsumni muvaffaqiyatli yakunlab qo‘yadi. Uning qo‘l ostidagi jamoa Chempionlar Ligasi va Angliya Kubogida g‘olib chiqadi. Lukaku esa YECHL chempionligi unvonisiz qoladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:34, 22.05.2020.
O'qildi: 3607 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.