Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Bugun Berlin derbisi

Bugun Berlin derbisi

Baho:
+ | -

Bugun Germaniya Bundesligasida navbatdagi tur o‘yinlari start oladi. Turni «Gerta» va «Union» ishtirokidagi Berlin derbisi ochib beradi. Futbolda derbilarni qadri qanchalik yuqori ekanligi ma’lum, bu qarama-qarshilikni poytaxt derbisi ostida o‘tishi esa keskinlikni oshiradi.

«Union» Berlin bu mavsum tarkib e’tibori bilan qaraganda muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazmoqda. Ta’kidlash kerakki, klubni 3 yildan buyon boshqarib kelayotgan Urs Fisher hujumkor futbol namoyish etadigan jamoa shakllantirgan. Uning jamoasi ayniqsa, grandlarga munosib qarshilik ko‘rsatishi bilan bu mavsum ko‘pchilikni e’tiborini tortmoqda.

«Gerta»da esa ketma-ket murabbiylar almashuvi yuz berganligini yaxshi bilasiz. Hozirgi bosh murabbiy Bruno Labbadia jamoaga yaxshi kirishib keta oldi. «Gerta» pandemiya davrida yuzaga kelgan tanaffusdan keyin hammasini yaxshi boshladi, jamoa o‘tgan turda «Xoffenxaym»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Bugungi uchrashuvga qiziqishni oshiradigan yana bir jihat, o‘yin turnir jadvalini nuqtai nazaridan ham juda jiddiy kechadi. Ayni paytda «Gerta» 31 ochko bilan 11 o‘rinda, «Union» Berlin esa 30 ochko bilan keyingi pog‘onada bormoqda. Demak, bugun jadvaldagi qo‘shnilar jangiga ham guvoh bo‘lamiz.

Uchrashuv soat 23:30da boshlanadi. O‘yinni telekanalimizda jonli efirda tomosha qiling.

Abdulla Nurmonov.

Manba: https://t.me/uzsport_tv
Kiritildi: 16:24, 22.05.2020.
O'qildi: 2070 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик