Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/06 23:30 Verder 0-3 Ayntraxt Frankfurt
05/06 19:00 Smolevichi - Gorodeya
05/06 21:00 Slutsk - Torpedo-BelAZ
05/06 23:30 Frayburg - Borussiya M

Xabarlar

Eng qimmat yosh futbolchilar (top 7)

Baho:
+ | -

Stadion.uz transfermarket portali bergan ma’lumotlarga suyangan xolda Sayyoramizning eng qimmat yosh futbolchilar bilan tanishtirib o‘tadi.

7. Rayan Sherki (16 yosh) 18 mln yevro

 

Sherki endigina 16 yoshga to‘lgan bo‘lsada, allaqachon bir nechta Yevropa grandlari e’tiboriga tushib bo‘ldi. Uni ko‘plab taniqli nashrlari Zidan bilan qiyoshlashni boshlab yuborgan. O‘spirinlik chog‘idayoq “Liga 1” da dabyut qilgan qahramonimiz YECHLning yoshlar o‘rtasidagi musobaqasida 4 ta o‘yinda 5 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Rayandagi o‘sishni sezgan “Lion” yaqindagina u bilan 2022-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma tuzishga qaror qildi. Shunday bo‘lsada, klub uni o‘z safida uzoq ushlab qolishga qodir emas. Gap shundaki, Sherkining agenti allaqachon “Yuventus” va “Real” klublari bilan muzokaralar o‘tkazishni boshlab yuborgan.

6. Bukayo Saka (18 yosh) 20 mln yevro

Londonning “Arsenal” jamoasidagi o‘yinlari bilan muxlislar e’tiboriga tushgan Saka endigina 18 yoshga qadam qo‘ydi. Tezkor, chaqqon va ajoyib dribbling egasi. Aynan u 2001-yilda tug‘ilgan futbolchilar ichida birinchi bo‘lib APLda debyut uchrashuvini o‘tkazgan futbolchi sanaladi.

“Kononirlar” ham Sakani uzoqroq jamaoda olib qolish maqsadida u bilan yaqinda 5 yillik shartnoma imzlashganidan xabaringiz bor. Quvonarlisi shundaki, klubning yangi murabbiyi – Mikel Arteta Bukayouchun o‘yin amaliyoti taqdim etishga harakat qilmoqda. Agar ishlar shu tempda davom etsa, tez orada “Arsenal”ning qanotida to‘xtatib bo‘lmas kuch paydo bo‘lishi mumkin.

 

5. Reyner (18 yosh) 22.5 mln yevro

Qishda Braziliyaning eng iqtidorli futbolchisi uchun kurashda PSJ va “Barselona”ni ortda qoldirgan “Real” Reynerni o‘z safiga qo‘shib oldi. Atigi bitta Professional futbol mavsumini o‘tkazgan futbolchi uchun “Real” 30 million yevrodan voz kechdi. Bu transferga ko‘plab mutaxassislar ishonqiramay qaragan edi, biroq Reynar “qirollik klubi” safida 3 bor maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol yozib qo‘ydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, uning kelajagi porloq bo‘lishi mumkin. Buning uchun braziliyalik tineyjer ishlashda davom etishi talab etiladi.

 

4. Gabriel Martinelli (18 yosh) 25 mln yevro

“Arsenal”ning bugungi ro‘yxatimizdagi ikkinchi futbolchisi. Ikkinchi Ronalda bo‘lishi tahmin qilinayotgan hujumchi allaqachon omma e’tiboriga tushib bo‘ldi. Ayniqsa “Chelsi” darvozasiga kiritgan golidan so‘ng, unga bo‘lgan ishonch yanada ortib ketdi. Bu mavsumdagi APL uchrashuvlarining 14 tasida maydonga tushgan hujumchi tez orada nafaqat “Arsenal”ning, balki Braziliya terma jamoasining ham asosiy hujumchisi bo‘lishi kutilmoqda.

 

3. Meyson Grinvud (18 yosh) 29 mln yevro

Meyson o‘tgan mavsumda “qizil iblislar” safida debyut qilgan edi. O‘shanda u jamoa tarixida Yevrokuboglarda maydonga tushgan eng yosh futbolchi deb e’tirof etilgan va ko‘pchilik tomonidan iliq qarshi olingan edi.

E’tiborilisi shundaki, Grinvud o‘ziga bildirilgan ishonchni sekin asta oqlab bormoqda. Allaqachon klub uchun gol kiritishni boshlab yuborgan hujumchidan muxlislarning umidi katta.

 

2. Ansu Fati (17 let) 36 mln yevro

Mavsum boshida “Barselona”ning oldingi chizig‘ida Messi ko‘rinmasligi aniq edi. Bu muammo klubga katta talofat yetkazishi taxmin qilingan bir paytda katta sahnaga Ansu Fati chiqib keldi va klub akademiyasi hali-hamon qudratga ega ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. Fati bir yo‘la bir nechta(21 asrdagi eng yosh gol muallifi, 21 asrda dubl qayd etgan eng yosh futbolchi, 21 asrda eng yosh assist qayd etgan futbolchi) rekordlarni o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Yorqin stardan so‘ng, “Barsa” Fati bilan shartnomani uzaytirirganidan xabaringiz bor. Vaholanki, o‘tgan mavsumda klub uni “Arsenal”ga erkin agent maqomida qo‘yib yuborish arafasida edi.

 

1. Eduardu Kamavinga (17 yosh) 37.5 mln yevro

Bugungi kunda transfer olamidagi eng bozori chaqqon futbolchi bilan tanishing. “Lill”ning yana bir topilmasi. 17 yoshidayoq “Real” skautlarini sarson qilayotgan tayanch yarim himoyachisihaqida har kuni yozishmoqda. “Qirollik klubi” Kamavingani tez orada Toni Kroosning o‘rnini egallashi mumkinligi uchun ham harid qilish maqsadida 50 milliondan voz kechishga tayyor alpozda. “Yuventus” jamoasi futbolchining ota-onasiga Turindan uy sotib olib bermoqchi. PSJ uni eng badavlat o‘spiringa aylantirishni reja qilgan. Umuman olganda Eduardo top jamoalar nishonida. Fransiya nashrlari bergan ma’lumotga qaraganda, “Real” aynan Kamavinga transferi uchun Pol Pogbadan voz kechgan. To‘g‘ri hozircha bu aniq ma’lumot emas, biroq futbolchi borgan sari “Real”ga o‘tishga yaqinlashib bormoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 04:54, 23.05.2020.
O'qildi: 6141 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.