Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Fabregas Venger, Gvardiola va Mourinyoning uslubini taqqosladi

Fabregas Venger, Gvardiola va Mourinyoning uslubini taqqosladi

Baho:
+ | -

«Monako» yarim himoyachisi Sesk Fabregas o‘zining Arsen Venger, Xosep Gvardiola va Joze Mourinyo qo‘lostidagi faoliyatini yodga oldi. U mazkur mutaxassislarning ish uslublarini taqqosladi.

Ispaniyalik futbolchi «Arsenal»da Venger bilan, «Barselona»da Gvardiola bilan, «Chelsi»da esa Mourinyo bilan ishlagan.

«O‘ylashimcha, Venger — yosh o‘yinchilar eng yaxshi murabbiy. Shubhasiz. Yosh futbolchilar uchun undan yaxshiroq murabbiyni ko‘rmaganman. Chunki Venger ko‘plab yoshlarning o‘sishi uchun imkon bergan.

Gvardiolaning bosh maqsadi — to‘pni tez harakatlantirish orqali raqibning bo‘sh hududini topish. Bitta o‘yin davomida men o‘z o‘yin taktikamni 3 martagacha almashtirganim menga yoqqandi. U ko‘p vaqtini mashg‘ulot maydonida sarf qiladi.

Mourinyo odatda ma’lum taktik sxemaga amal qiladi. Lekin u ham kuchli murabbiy. Uning uslubiga mos keladigan aniq futbolchilar borligi unga yoqadi», — dedi Fabregas.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 22:52, 23.05.2020.
O'qildi: 6308 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик