«Barselona» yarim himoyachisi Artur Melo «Yuventus»ga o‘tishga yaqin turibdi.
Braziliyalik futbolchi anchadan beri klubni tark etishdan bosh tortib kelayotgan edi. Endi unda Turinga ko‘chib o‘tish variantini ko‘rib chiqishdan boshqa variant qolmadi.
Boisi, Artur "ko‘k-anorranglilar"ning yoshlar jamoasi safida mashg‘ulotda ishtirok etish uchun yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik o‘yinchi Miralem Pyanichning o‘rniga "Yuve"ga yo‘l olishi kutilmoqda.