Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Kanchelskis O‘zbekiston chempionati qachon boshlanishi mumkinligini aytdi

Kanchelskis O‘zbekiston chempionati qachon boshlanishi mumkinligini aytdi

Baho:
+ | -

"Navbahor" klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Rusfootball.info nashriga bergan intervyusida pandemiya sharoitida mavsumni qayta boshlash haqida o‘z fikrini bildirdi.

— Ikki oydan beri O‘zbekistonda karantindamisiz?
— Ha, albatta. Men hech qayerga uchib ketganim yo‘q. Legionerlar ham uchib keta olishmadi. Hozir mashg‘ulot jarayonini boshlash uchun rasmiy ruxsatni kutyapmiz. Nazarimda, iyun oyi o‘rtalarida chempionatni boshlashimiz mumkin. Bu yerda kasallangan soni kamaymoqda. Asta-sekin barchasi izga tushmoqda. Do‘konlar, bozorlar ochilmoqda. Shuning uchun futbol ham qaytishiga umid qilishimiz mumkin. Albatta, o‘yinlar tomoshabinlarsiz o‘tadi.

— Rossiya chempionati 21 iyun kuni boshlanadi. Tabiiyki, o‘yinlar bo‘sh stadionlarda o‘tadi. Bunday holatda o‘ynash qanchalik xavfli? Har holda futbol — kontaktli o‘yin turi.
— Agar jamoa karantinda bo‘lsa, klub bazasida yashayotgan bo‘lsang, hech qayerga chiqmayotgan bo‘lsang, qanday qilib kasallik tarqalishi mumkin? Jamoa ikki haftalik karantinda o‘tirsa va hech qanday kasallik aniqlanmagan bo‘lsa, mavsumni qayta boshlash mumkin. Nima muammo? Chempionatni albatta oxiriga yetkazib qo‘yish kerak.

Manba: www.rusfootball.info
Kiritildi: 11:39, 25.05.2020.
O'qildi: 5977 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.