Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Osiyo Olimpiya Kengashi rahbariyatida o‘zgarish

Osiyo Olimpiya Kengashi rahbariyatida o‘zgarish

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) prezidenti shayx Ahmad al-Fahad as-Saboh tashkilotning yangi vise-prezidentini e’lon qildi. Shayx Ahmad OOKning Ijroiya qo‘mitasi a’zolari va qit’adagi 45 ta Milliy Olimpiya qo‘mitalariga tashkilotning farmoyishi ma’lum qildi:

“Sizlarga OOK Konstitusiyasi qoidalariga muvofiq Tailand Milliy Olimpiya qo‘mitasining vise-prezidenti, Jang san’ati va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari buyurtmalar kichik qo‘mitasining raisi Dato Seri Chayyapak Sirivat Osiyo olimpiya kengashining vise-prezidenti etib tayinlanganligini ma’lum qilish men uchun yoqimlidir”.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda OOK Tailandning Bangkokda va Chonburi shaharlarida 6- Jang san’ati va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarini (AIMAG) o‘tkazish to‘g‘risida mezbonlar bilan shartnoma imzolangan va bu O‘yinlar 2021 yil 21-30 mayda bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Dato Seri Chayapak Sirivat, shuningdek, Tailand Xokkey assosiyasining prezidenti va Osiyo xokkey federasiyasining vise-prezidentidir. Osiyo xokkey federasiyasi uni OOK vise-prezidenti etib tayinlanishi munosabati bilan tabrikladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 12:05, 25.05.2020.
O'qildi: 2515 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик